$
 11989.46
29.28
 13815.45
54.07
 149.48
-0.94
weather
+26
Кечаси   +14°

MKBANK Zeekr xaridi uchun 60 oygacha avtokredit taklif qilmoqda

Zeekr

MKBANK premium toifadagi avtomobillar, jumladan Zeekr elektromobillarini xarid qilish uchun yangi “Premium” avtokredit dasturini ishga tushirdi.

Mazkur dastur bank hamkorlik qiladigan rasmiy avtosalon va dilerlardan Mercedes-Benz, BMW, Nissan, Toyota, Porsche hamda Zeekr avtomobillarini birlamchi bozordan xarid qilish uchun mo‘ljallangan.

Bank ma’lumotlariga ko‘ra, kredit 23–24 foiz yillik stavkada 60 oygacha muddatga ajratiladi. Kredit summasi BHMning 5000 baravarigacha, ya’ni 2 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni tashkil etishi mumkin.

Boshlang‘ich badal kamida 25 foiz

“Premium” avtokreditidan foydalanish uchun xaridor avtomobil qiymatining kamida 25 foizini boshlang‘ich badal sifatida to‘lashi kerak. Qolgan qismi bank krediti hisobidan moliyalashtiriladi.

Kredit mablag‘lari mijozga naqd pul ko‘rinishida berilmaydi. Pul to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtomobil sotuvchisining hisob raqamiga o‘tkaziladi. Shuningdek, avtokredit bilan bog‘liq ayrim sug‘urta to‘lovlari ham kredit mablag‘i hisobidan qoplanishi mumkin.

Kimlar kredit olishi mumkin?

Kredit olish uchun murojaat qiluvchi shaxs:

  • 18 yoshga to‘lgan;
  • 60 yoshdan oshmagan;
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi kerak.

Bank qayd etishicha, kredit nafaqat doimiy rasmiy daromadga ega fuqarolar, balki o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun ham taqdim etiladi.

Qanday hujjatlar talab qilinadi?

Kreditni rasmiylashtirish uchun ariza, ID karta yoki pasport, avtomobilni xarid qilish bo‘yicha shartnoma hamda zarur hollarda daromadni tasdiqlovchi hujjatlar talab etiladi.

Agar mijoz turmush qurgan bo‘lsa, turmush o‘rtog‘ining roziligi ham qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etilishi lozim.

Avtomobil bank garovida bo‘ladi

Kredit hisobiga xarid qilingan avtomobil kredit to‘liq qaytarilgunga qadar bank garovi sifatida rasmiylashtiriladi. Zarurat tug‘ilganda uchinchi shaxs kafilligi yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa ta’minot turlari ham qo‘llanilishi mumkin.

Bank ma’lumotlariga ko‘ra, kredit bo‘yicha arizani ko‘rib chiqish va skoring baholash jarayoni 10 kungacha davom etishi mumkin.

Batafsil ma’lumotni 1285 qisqa raqami yoki mkbank.uz sayti orqali olish mumkin.

Reklama huquqlari asosida