$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Yog‘ingarchilik — baraka. Ammo uning ham ko‘pi zarar

Zang kasalligi

Mart va aprel oylarida kutilayotgan yuqori namgarchilik va ketma-ket yog‘inlar ketidan bug‘doy o‘simliklarida zang kasalliklariga chalinish ehtimoli oshmoqda. 

O‘tmishni yodga olib

Tarixga nazar tashlasak, 2016-yilning qishi va erta bahori xuddi hozirgi kabi El-Ninoning kuchli ta’sirida o‘tgan. 2016-yilning yanvar-fevral qishi respublikada shu qadar iliq bo‘lganki, yilning boshidan harorat deyarli barqaror ilib borish hodisasi ro‘y bergan. Ayniqsa, bu katta maydonni egallagan qishloq xo‘jalik yer maydonlarida sovuqlik ta’sirining yil boshidan ro‘y bermasligiga olib kelgan. Buning natijasida, yurtimiz qishloq xo‘jalik sektorida erta vegetatsiya davri yuz berib, bahoriy namlik g‘alla o‘simliklarining ertaroq boshoqqa kirib qolish fazasida to‘satdan sariq va qo‘ng‘ir zang kasalliligiga to‘qnash kelishiga olib kelgan.

Xirmon xavf ostida

Ko‘plab fermerlarga ma’lumki, g‘alla dalalarida sariq zang kasalligining keng masshtabda tarqalishi hosilni 45-50% gacha kamayishiga olib keladi. Zang kasalligidan kuchli zararlangan bug‘doy somonini na chorva mollari uchun yemish sifatida ishlatish mumkin, na uning donini tegirmonga solib iste’molga yaroqli holga keltirib bo‘ladi.

Yog‘ingarchilik zararlari

Joriy yil mart oyining ikkinchi dekadasi ham respublikaning katta maydonidagi g‘alla dalalarida yog‘inlarning ko‘p kuzatilishi bug‘doy o‘simligida barg va tanalarida zang kasalligi bilan chalinish ehtimolini oshirishi kutilmoqda. Fermerlar har kuni dalani ko‘zdan kechirish, nihollarda sariq-qo‘ng‘ir zang bilan bog‘liq "o‘choq" hududlar kuzatilishi zahoti zudlik bilan unga qarshi agrotexnik tadbirlar ko‘rilishi tavsiya etiladi.