$
 12829.07
-15.14
 13344.80
-163.46
 124.91
-2.44
weather
+26
Кечаси   +14°

Dekabrda 202 nafar fuqaro yoʻllarda halok boʻlgan

Қашқадарёда тўй кортежи ЙТҲга учради. 4 киши вафот этган (+видео)


Kun "garmoshka"li avtobus hamda Tracker avtomobili orasida sodir boʻlgan ayanchli YTH xabari bilan boshlandi. Koʻpchilik uchun bunday avtohalokatlar odatiy holdek tuyilib qolgan, birov halok boʻlgan boʻlsa yoki mashinaga jiddiyroq zarar yetsa, shunchaki "essiz", deb qoʻyarmiz, ehtimol. Soatlarni kunlarga, kunlarni haftalarga, haftalarni oylarga qoʻshib hisoblasak, tinch zamonlarda YTHlar sabab minglab odamlar bevaqt hayotdan koʻz yummoqda.

Bir yilda 263 nafar bola qurbon boʻlgan

Masalan, O‘zbekistonda 2023-yilda yo‘l-transport hodisalari oqibatida 2282 nafar fuqaro, jumladan, 263 nafar bola vafot etdi. Bu haqda Senatdagi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida maʼlumot berildi.

Bir yilda 16 milliondan ortiq qoidabuzarlik

Qayd etilishicha, 2023-yilda jami 16 mln dan ortiq qoidabuzarlik qayd etilgan, jumladan, 13 mln dan ko‘p qo‘pol qoidabuzarlik, 42 mingga yaqin transport vositasini mast holda boshqarish, 300 mingdan ortiq piyodalar qoidabuzarligi qayd etilgan. Majlisda bunga avtomobil yo‘llarida yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan ta’sirchan nazorat to‘liq va samarali o‘rnatilmagani sabab qilib ko‘rsatilgan.

1568 nafar bola jarohatlangan

Yil davomida respublikada 9839 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 9209 nafar fuqaro jarohatlangan va 2282 nafar fuqaro halok bo‘lgan. 2023-yilda bolalar bilan bog‘liq 1794 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 1568 nafar bola jarohatlangan va 263 nafar bola halok bo‘lgan.

Bir oyda 202 nafar fuqaro yoʻllarda vafot etgan

Avvalroq 2023-yilning 11 oyida (yanvar-noyabr) esa 8693 ta YTH sodir etilib, ularda 2080 nafar inson halok bo‘lgan va 8055 kishi jarohatlangani haqida xabar berilgan edi. Yuqoridagi raqamlardan kelib chiqadiki 2023-yilning dekabr oyining o‘zida 202 nafar fuqaro yo‘llarda vafot etgan.