$
 12865.05
16.67
 13550.76
38.12
 116.73
-3.34
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekistonliklar asosan necha yoshlarda ota-ona boʻlishmoqda?

chaqaloq

2024-yilning yanvar–oktyabr oylarida yurtimizda jami 783 089 nafar tug‘ilishlar qayd etilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot berdi.

Ota-onalar asosan necha yoshda?

Mazkur tug‘ilishlarning ota-onasining yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

Onalar:

  • 25 yoshgacha — 309 664 nafar (39,5 %);
  • 25—39 yosh — 463 842 nafar (59,3 %);
  • 40 yosh va undan kattalar – 9 583 nafar (1,2 %).

Otalar:

  • 25 yoshgacha — 84 700 nafar (10,8 %);
  • 25—39 yosh — 645 434 nafar  (82,4 %);
  • 40 yosh va undan kattalar – 52 955 nafar (6,8 %).

O‘g‘il bolalar tug‘ilishi ko‘proq

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024-yilning yanvar—sentyabr oylarida yurtimizda jami 693,9 mingta tug‘ilish qayd etilgani haqida xabar bergan edik. Tug‘ilganlarning 51,9 foizini o‘g‘il bolalar (360,0 ming), 48,1 foizini esa qiz bolalar (333,9 ming) tashkil etdi.

Shaharlarda tug‘ilganlar soni — 343,4 ming (49,5 foiz),

Qishloqlarda tug‘ilganlar soni — 350,5 ming (50,5 foiz) bo‘ldi.

Теги :
Jamiyat