$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Fevral oyida aholiga qancha nafaqa va moddiy yordam to‘landi?

Yordam puli

Moddiy yordam va bolalar pulini olishni istaydigan oilalar ko‘p. Lekin, bolalar puli va moddiy yordam tayinlanishini so‘rab murojaat qilganlarning hammasiga ham berilmaydi. Nima uchun? Moddiy yordam va nafaqa puli qanday olinadi? O‘zbekistonda bolalar nafaqasi miqdori qancha?

Nafaqa va moddiy yordam uchun 1 403,2 milliard sarflangan

Ijtimoiy himoya milliy agentligining xabar berishicha, 2024-yilning fevral oyidan jami nafaqa va moddiy yordam to‘lovlari uchun 1 403,2 milliard so‘m mablag‘ to‘lab berilgan. Shundan:

kam ta’minlangan bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi 1 728,9 ming ta oilaga 817,7 milliard so‘m;

ijtimoiy nafaqa oluvchi – 659,8 ming nafar fuqaroga 514,9 milliard so‘m;

83,2 ming nafar fuqaroga esa 70,6 milliard so‘m mablag‘lar to‘lab berilgan.

Shuningdek, joriy yilning mart oyi to‘lov ro‘yxatidagi 4 mln. nafar pensionerlar uchun talab etilgan mablag‘lar 5-martgacha tijorat banklariga moliyalashtirib berilgan. Hozirda nafaqa to‘lovlarini kartada oluvchi 3,1 million fuqarolarning bank kartalariga pullar to‘liq yuklab berilgan.

To‘lovlar bo‘yicha savollarga “Inson” ijtimoiy himoya milliy agentligi javob beradi

 Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 1-iyundagi prezident farmoni bilan 2024-yil 1-yanvardan boshlab qator ijtimoiy to‘lovlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga o‘tkazilgan edi. Jumladan, bunda ijtimoiy to‘lovlar uchun ariza berish, ularni ko‘rib chiqish, tayinlash va to‘lashning amaldagi tartibi saqlab qolinib, fuqarolar ijtimoiy to‘lovlar bilan bog‘liq barcha savollariga tuman yoki shaharlardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga murojaat qilib javob olishlari mumkin.

Nafaqaga 16 trillion so‘m ajratiladi

“2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonunda joriy yilgi ish haqi, nafaqalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini, shuningdek, ayrim xizmatlar turlari bo‘yicha tariflarni oshirish bilan bog‘liq xarajatlar uchun qo‘shimcha 9,5 trillion so‘m ajratilishi belgilangan. Xususan, 2024-yilda nafaqa jamg‘armasiga 16 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi ko‘zlangan.

Moddiy yordamni qanday olinadi?

Moddiy yordam va bolalar nafaqasini tayinlashda oilaning iqtisodiy ahvoli “Yagona reyestr” AT da o‘rganib boriladi. Tizim har oyda oilaning rasmiy daromadlari, mavjud ko‘chmas mol-mulklari va avtotransport vositalari hamda boshqa ma’lumotlari asosida mezonlarga mos kelishi o‘rganiladi. Agar oilaning iqtisodiy ko‘rsatkichlari yaxshilansa moddiy yordam bekor qilinadi.

2,2 million aholi bolalar puli va moddiy nafaqa olyapti

Bugungi kunda O‘zbekistonda 2,2 milliondan ortiq kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam pullari to‘lanmoqda.Bolalar nafaqasi uchun har 6 oyda, moddiy yordam uchun har 12 oyda qayta murojaat qilish kerak bo‘ladi.

Bolalar nafaqasi miqdori qancha?

Hozirda bolalar nafaqasi miqdori oilada uch yoshgacha bo‘lgan bir bola uchun 325 000 so‘m. Eng birinchi farzand uch yoshdan katta bo‘lsa, unga 250 000 so‘m to‘lanadi. Keyingi ikkinchi farzandlarga ikki holatda ham 150 000 so‘mdan beriladi. Keyingi farzandlarning har biri uchun 100 000 so‘mdan qo‘shib ketilaveradi. Moddiy yordam miqdori esa oyiga 380 000 so‘m.