$
 12890.43
11.47
 14720.87
-80.92
 156.04
-2.35
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Kelajakni barpo qilamiz: Ipoteka Bank OTP Group’ning yashil hududlarni kengaytirishga qoʻshgan hissasi

Ipoteka yashil hudud

Ipoteka Bank OTP Group oʻzining atrof-muhitni koʻkalamzorlashtirish va yangi yashil hududlarni barpo etishga qaratilgan loyiha doirasidagi tadbirlarini davom ettirmoqda. Ushbu keng koʻlamli tashabbus doirasida respublikamiz boʻylab 138 milliondan ortiq mevali va manzarali daraxt va buta koʻchatlari ekilib, yashil maydonlar kengaytirildi. Bu shunchaki daraxtlar ekish tadbiri emas, balki, shaffof kelajak sari qoʻyilgan ilgʻor qadam va barqaror kelajak nishonasidir. 

Yurtimiz rahbarining 2021-yil 30-dekabrdagi Farmoni ijrosini ta'minlash doirasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi tadbiri Ipoteka Bank OTP Group va uning hududiy filiallari jamoasi hamda mas'ul tashkilot vakillari bilan xamrohlikda oʻtkazildi. Xususan,

“Yashil” maydonga aylanayotgan hududlar:

•       M.Ulugʻbek tumani, M.Ulugʻbek koʻchasi: 128 dona mevali daraxtlar

•       Olmazor tumani, Orzu mahallasi:550 ta mevali daraxtlar

•       Mirobod tumani, Tаlimarjon koʻchasi: 40 dona manzarali daraxtlar

•       Sergeli tumani, Qumariq koʻchasi: 350 ta manzarali daraxt va butalar

•       Chilonzor tumani, Katta Navbahor mahallasi: 150 dona manzarali daraxtlar

•       Samarqand viloyati, Nurobod tumani: 1000 ta manzarali daraxtlar

•       Fargʻona viloyati, Turkiston koʻchasi: 160 dona mevali daraxtlar

•       Fargʻona viloyati, Turk koʻchasi: 1200 ta manzarali daraxt va butalar ekilib, parvarish qilindi

Ipoteka Bank OTP Group - bugun ekilib har bir daraxt va buta koʻchatlari kelgusida Oʻzbekistonning ekologik farovonligini rivojlanishiga hissa qoʻshishiga ishonadi. Ushbu tashabbusga faqat loyiha sifatida emas, balki oʻzgarishlar ramzi - kichik daraxtdan yorqin kelajak barpo qilishga intiladi.


Reklama huquqlari asosida