$
 11772.95
-35.81
€
 13224.55
-179.57
₽
 141.14
-1.02
weather
+26
Кечаси   +14°

Yaman hukumati mamlakatni husiylardan tozalamoqchi

Husiylar

Yaman Prezidentlik kengashi rahbari Rashad al-Alimiy mamlakat armiyasi husiylar egallab turgan hududlarni qaytarish uchun harbiy harakatlarni boshlaganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, hujumlar Yaman “husiylar nazoratidan ozod qilinmaguncha” davom ettiriladi.

Hukumatning mazkur qarori mamlakatdagi uzoq yillik qurolli qarama-qarshilikning yangi bosqichga kirganini anglatadi.

Husiylar qariyb 12 yildan beri poytaxtni nazorat qilmoqda

“Ansor Alloh” nomi bilan ham tanilgan husiylar 2014-yildan buyon Yaman poytaxti Sano hamda aholining asosiy qismi istiqomat qiladigan mamlakat shimoli-g‘arbidagi katta hududlarni nazorat qilib kelmoqda.

Harakat Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va ularning g‘arblik ittifoqchilari tomonidan amalga oshirilgan bir qator harbiy hujumlarga qaramay, egallab turgan hududlarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan. Shu bilan birga, husiylar o‘z harbiy salohiyatini Eron ko‘magida rivojlantirgan.

Bob al-Mandab va Qizil dengiz sohilidagi hududlar egallandi

Husiylar o‘tgan oy kutilmaganda yangi hujum boshladi. Natijada ular strategik jihatdan muhim bo‘lgan Bob al-Mandab bo‘g‘ozi hamda Qizil dengiz sohilining qariyb 150 kilometr uzunlikdagi qismini bir necha hafta ichida o‘z nazoratiga oldi.

Mazkur hududlarning egallanishi husiylarga xalqaro dengiz qatnovi uchun muhim hisoblangan yo‘nalish ustidan qo‘shimcha ta’sir o‘tkazish imkonini berdi.

Mojaro Yaman chegarasidan tashqariga chiqmoqda

Husiylarning hujumi Yaman janubidagi vaziyatni yanada keskinlashtirdi va Eron atrofidagi mojaro doirasida yangi frontning shakllanishiga olib keldi.

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil fevral oyida boshlangan AQSH va Isroil hujumlariga Eron tomonidan berilgan javob choralaridan biri Fors ko‘rfazi orqali neft tashishga jiddiy to‘siqlar yuzaga keltirish bo‘lgan.

Yaman hukumati esa o‘z navbatida husiylarni qurolli qarshilikni to‘xtatish va qurollarini tashlashga chaqirdi.

Теги :
Jamiyat