$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Yerning ichki yadrosi 15 yildan keyin to‘xtashi mumkin

Yadro

Yerning ichki yadrosi 15 yildan keyin to‘xtashi mumkin, Nature bu haqda olimlarning bayonotiga asoslanib xabar berdi.

Yerning magnit maydoni shakllanishida yadro muhim rol o‘ynaydi

Yer sharining markazida radiusi 1,3 ming kilometrli qaynoq yadro joylashgan. Nikel va temirdan tashkil topgan yadroni tashqi suyuq halqa qurshab turadi. O‘z navbatida, halqa 30 kilometr chuqurlikdan boshlanib 2,9 ming kilometr chuqurlikda tugovchi mantiyaga ulangan. Mutaxassislarning fikricha, sayyoramizning magnit maydoni shakllanishida yadro muhim rol o‘ynaydi.

2010-yil yadro aylanishdan to‘xtagan

Yerning ichki yadrosi 1970-yillaridan boshlab g‘arbdan sharqqa qarab aylangan. 2009–2010-yillarda u aylanishdan butunlay to‘xtagan. Hozir yadro Yer sirti aylanishiga teskari yo‘nalishda, ya’ni g‘arbga qarab sekin aylanmoqda.

2040-yilda ichki yadro to‘xtaydi

Yadro aylanishi yo‘nalishining o‘zgarishi uning magnit maydoni hosil qilishda geodinamo jarayoni (o‘tkazuvchi suyuqlikning muayyan harakatida o‘z-o‘zidan magnit maydoni ishlab chiqilishi effekti)dan o‘tishdagi roli bilan bog‘lanmoqda. 2040-yilda ichki yadro to‘xtaydi, shundan so‘ng sayyoramiz aylanayotgan yo‘nalishda yana harakatga tushadi, deyishmoqda olimlar.

Теги :
Jamiyat