$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi xayriyalar bevosita o'z egasiga yetib boradi

Xayriya

O‘zbekistonda xayriya yig‘ish bo‘yicha rasmiy platforma ishga tushdi.

Ishonchsizlik va aldovlarning oldi olinadimi?

Bugungi o‘zbek mediasida xayriya ishlari bilan bog‘liq juda ko‘p holatlarni kuzatamiz. Albatta, bu yoqimli, ammo shu mavzuda ham dilxiraliklar yetarli. Aldov va yolg‘on yigimlar, yig‘ilgan mablag‘ning qaysidir vijdonsiz tomonidan o‘zlashtirib olinishi va hokazo. Bu holatlar tabiiy ravishda ma’lum bir qatlam insonlar ichida xayriya islariga ishonchsizlikni olib kelishi mumkin edi. Endilikda bu vaziyatlarga barham berilishi kutilmoqda. O‘zbekiston Milliy ijtimoiy himoya agentligi tashabbusi bilan "Inson uchun" xayriya platformasi tashkil etildi. Loyiha yaratuvchilari to‘lovlar bo‘yicha to‘liq shaffoflikni va’da qilmoqda. 

Agentlik izohi

"Inson uchun – bu nafaqat mablag‘ to‘plash platformasi, balki har bir insonga qiyin hayotiy vaziyatlarda rahm-shafqat ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash imkonini beruvchi ijtimoiy o‘zaro hamkorlikning kuchli vositasidir", deya platforma imkoniyatlarini izohlagan Ijtimoiy himoya agentligi.

Platforma imkoniyatlari

Loyihani amalga oshirish, uning shaffofligi va samaradorligini ta’minlashda Milliy ijtimoiy himoya agentligi muhim o‘rin tutadi. Agentlik taqdim etilayotgan ma’lumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligini ta’minlaydi va har bir xayrixohga o‘z xayrli ishlarining haqiqiy ta’sirini ko‘rish imkonini beradi. Platformad nafaqat xayriya qilish, balki onlayn ariza to‘ldirish orqali yordam so‘rash va xayriya tashkilotlaridan yordam so‘rash mumkin.