$
 12940.11
21.75
 14055.55
103.72
 145.62
0.97
weather
+26
Кечаси   +14°

Suv toshqinlari, bo‘ronlar, issiqlik to‘lqinlari va qurg‘oqchilik: Tabiat insonlardan “oʻch olyaptimi?”

iqlim

Iqlim xavfi – 2025 indeksi e’lon qilindi. Unda ekstremal ob-havo hodisalari ta’siri 3 xavf – gidrologik, meteorologik va klimatologik yo‘nalishda tahlil qilingan. U EM-DAT xalqaro ofatlar bazasi, Jahon banki va Xalqaro valuta jamg‘armasi (IMF) ma’lumotlariga asoslangan. Indeks mutlaq va nisbiy ta’sirlarni hisobga oladi. Tahlillarda 1993—2022-yillar oralig‘idagi raqamlar aks etgan.

Iqlim halokatlari

Hisobotga ko‘ra, 1993-yildan 2022-yilgacha dunyo bo‘ylab 9,400 ekstremal iqlim sharoiti 765 ming odamning umriga zomin bo‘lgan. Iqtisodiyotga esa to‘g‘ridan to‘g‘ri 4,2 trillion AQSh dollari zarar yetkazgan. Bunday iqlim halokatlari tez-tez va yomonroq holda takrorlanyapti.

1993–2022-yillar oralig‘ida ekstremal ob-havo sharoitlari Dominika, Xitoy va Hondurasga eng ko‘p zarar yetkazgan bo‘lsa, bundan 2022-yilning o‘zida eng ko‘p Pokiston, Beliz va Italiya jabr ko‘rgan.

Asosiy ofatlar ta’siri

Qisqa va uzoq muddatli eng katta ta’sirlarga suv toshqinlari, bo‘ronlar, issiqlik to‘lqinlari va qurg‘oqchilik sabab bo‘lgan. 1993–2022-yillarda halok bo‘lish holatlarining asosiy sababchilari bo‘ronlar – 35 foiz, issiqlik to‘lqinlari – 30 foiz va suv toshqinlari – 27 foiz bo‘lgan.

Odamlarga eng ko‘p suv toshqinlari zarar yetkazgan bo‘lsa (32 foiz yoki 1,33 trillion AQSh dollari), bo‘ronlar iqtisodiyotga eng katta zarar yetkazgan (56 foiz yoki 2,33 trillion AQSh dollari).

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ilgari kam uchraydigan tahdidlar endi ayrim joylarda tabiiy holatga aylanib boryapti.

1993–2022-yillar bo‘yicha uzoq muddatli indeksga ko‘ra, eng ko‘p zarar ko‘rgan davlatlarni ikki guruhga ajratish mumkin:

– kam uchraydigan ekstremal hodisalardan eng ko‘p zarar ko‘rgan davlatlar – Dominika, Honduras, Myanma, Vanuatu.

– ekstremal hodisalarning doimiy takrorlanishidan zarar ko‘rgan davlatlar – Xitoy, Hindiston, Filippin.

Osiyodagi vaziyat

1993-yildan beri Osiyo suv toshqinlari va issiqlik to‘lqinlari kabi ekstremal ob-havo hodisalari tufayli kamida 2 trillion AQSh dollari miqdorida zarar ko‘rgan.

Osiyo mamlakatlari orasida Xitoy iqlim o‘zgarishlaridan eng ko‘p aziyat chekkan davlatlar qatoriga kiradi. U oxirgi 30 yilda 42 ming o‘lim, 706 milliard dollar iqtisodiy yo‘qotishlarni boshidan kechirdi.

Boy davlatlar ham xavf ostida

Hisobotga ko‘ra, 2022-yilda eng ko‘p zarar ko‘rgan 10 davlatning yettitasi yuqori daromadli davlatlar. Bu shuni anglatadiki, yuqori daromadli davlatlarning muammoga qarshi kurashish imkoniyatlari kam daromadli davlatlarnikidan sezilarli darajada yuqori bo‘lsa ham, ular o‘z iqlim xavfi boshqaruvini yanada kuchaytirishi lozim.

Uzoq muddatli tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ekstremal ob-havo hodisalarining katta ta’siri, ayniqsa, Global Janub mamlakatlari (kam rivojlangan davlatlar guruhi)da sezilgan. 10 ta eng ko‘p zarar ko‘rgan davlatning 5 tasi o‘rta daromadli mamlakatlar. Ularning 3 tasi – kichik orol rivojlanayotgan davlatlar yoki eng kam rivojlangan davlatlar bo‘lib, ularda iqlim xavfiga qarshi kurashish imkoniyatlari juda past.

Iqlim xavfi indeksi

Reyting ekstremal ob-havo hodisalarining ta’siri bo‘yicha hozirgacha yig‘ilgan eng yaxshi ochiq tarixiy ma’lumotlar to‘plamiga asoslanadi. Biroq Global Janub mamlakatlarida ekstremal ob-havo hodisalari va ularning ta’siri yetarli darajada qayd etilmaydi. Bunga sabab – ma’lumot sifati, qamrovi va mavjud bo‘lgan ma’lumotlar orasidagi bo‘shliqlardir. Natijada reyting davlatlarga bo‘lgan ta’sirni to‘liq ifodalay olmasligi mumkin.

Inson faoliyati natijasida yuzaga kelgan iqlim o‘zgarishi ekstremal ob-havo hodisalarining chastotasini oshiradi va keng ko‘lamli salbiy iqlim oqibatlariga olib keladi. Eng so‘nggi ilmiy tadqiqotlar va rivojlangan ilm-fan iqlim o‘zgarishining ekstremal ob-havo hodisalariga ta’siri “inson faoliyati iqlimni isita oladi” degan farazni ifodalaydi.

Xalqaro kelishmovchiliklar

Shuningdek, hisobotda 2024-yil Ozarboyjonda o‘tgan COP29 sammitida yangi iqlim moliyalashtirish maqsadi (New Collective Quantified Goal – NCQG) bo‘yicha ambitsiyali kelishuvga erishib bo‘lmagani haqida ham so‘z boradi.

Aniqlangan ehtiyojlar va rivojlanayotgan mamlakatlar duch kelayotgan iqlim muammolari inobatga olinsa, iqlim inqiroziga qarshi kurash uchun minimal chora sifatida 2035-yilgacha har yili 300 milliard AQSh dollari ajratilishi ko‘rilmoqda.

“Bundan tashqari, kelishuv iqlim o‘zgarishining yo‘qotish va zararlarini qoplash bo‘yicha chora-tadbirlarni ham o‘z ichiga olmagan. Ushbu bo‘shliq imkon qadar tezroq bartaraf etilishi kerak. Vaziyatni moslashish uchun ajratilgan moliyaviy resurslarning mavjud ehtiyojlar va berilgan va’dalarga nisbatan yetarli emasligi yana ham og‘irlashtiradi. Iqlim o‘zgarishi oqibatlariga eng ko‘p duch kelayotgan davlatlarni yuqori emissiya chiqaruvchi mamlakatlar va boshqa ifloslantiruvchi kompaniyalar sezilarli darajada ko‘proq qo‘llab-quvvatlashi zarur”, – deyilgan hisobotda.

Теги :
Jamiyat