$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Davlat xaridi me’yorlari ishlayaptimi?

Haval Xiaolong

MIBdan 545 mln. so‘m qarzdorligi mavjud boshqarma me’yorlariga zid ravishda qimmatbaho mashina xarid qildi.

Me'yor asli qanday

2024-yil 9-fevral kuni Janubiy Mirzacho‘l magistral kanali boshqarmasi qariyb 350 mln so‘mga bir dona "Haval Xiaolong" krossoverini xarid qildi. Mazkur davlat xaridi VMning 2021-yil 29-apreldagi 258-son qarori me’yorlariga zid ravishda amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin: davlat boshqaruvi organlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bo‘linmalari rahbarlariga sotib olishga ruxsat etilgan xizmat avtotransportining eng yuqori narxi BHMning 700 barobari (238 mln so‘m) etib belgilangan.

Qarzdorlik va byudjeti defitsiti

Shuningdek, hozirgi kunda boshqarmaning MIBdan 545 mln so‘m qarzdorligi mavjud. Birinchi chorak yakuni bo‘yicha O‘zbekiston byudjeti defitsiti 19,8 trln so‘m (1,56 mlrd dollar)ni tashkil etgan. Bu kamida oxirgi 12-yildagi rekord ko‘rsatkichdir.