$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Davlat xaridlarining qonunchilikka zid tarzda o‘tkazilishining oldi olindi

xarid

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida davlat buyurtmachilari tomonidan qariyb 8,1 mlrd. so‘mlik 24 ta davlat xaridida sohaga oid qonunchilikka zid holatlar aniqlandi.

Turli birlashmalarda noqonuniy davlat xaridi amalga oshirilgan

Jumladan:

- Samarqand viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasi buyurtmachiligida 1,4 mlrd. so‘mlik issiq ovqat yetkazib berish xizmati;

- Izboskan tuman tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligida 1,3 mlrd. so‘mlik tibbiy jihozlar xarid qilish;

- Muzrabot tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasi buyurtmachiligida 1,3 mlrd. so‘mlik yo‘llarni taʼmirlash xizmati ko‘rsatish;

- “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” qoshidagi Bino inshoot va jihozlarning kapital ta’miri bo‘yicha direksiya AJ buyurtmachiligida 796 mln. so‘mlik binolarni taʼmirlash xizmati ko‘rsatish;

- Denov tumani tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligida 735 mln. so‘mlik issiq ovqat yetkazib berish xizmati;

- O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti buyurtmachiligida 337 mln. so‘mlik ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatish;

- Mirishkor tumani obodonlashtirish boshqarmasi buyurtmachiligida 88 mln. so‘mlik ofis jihozlari xarid qilish;

- “Qipchoq yo‘llardan muntazam foydalanish” davlat unitar korxonasi buyurtmachiligida 49 mln. so‘mlik qurilish mollari sotib olish;

- Yoshlar ishlari agentligi Narpay tuman bo‘limi buyurtmachiligida 47 mln. so‘mlik texnik jihozlari xarid qilish;

- Narpay tuman 13-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi buyurtmachiligida 30 mln. so‘mlik qurilish mollari sotib olish yuzasidan o‘tkazilgan davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan.

Qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi ham aniqlangan

Shuning bilan birga:

- Amu-Buxoro mashina kanali Olot tuman boshqarmasi buyurtmachiligida 612 mln. so‘mlik nasoslarga texnik xizmat ko‘rsatish;

- Buxoro arxitektura va qurilish texnikumi buyurtmachiligida 600 mln. so‘mlik issiq ovqat yetkazib berish xizmatini ko‘rsatish;

- “Yoshlik kinostudiyasi” davlat unitar korxonasi buyurtmachiligida 239 mln. so‘mlik montaj-pardozlash xizmatlari ko‘rsatish;

- Payariq tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi buyurtmachiligida 75 mln. so‘mlik maxsus texnikalarni joriy tamirlash yuzasidan o‘tkazilgan davlat xaridlarida o‘zaro affillangan shaxslar ishtirok etganligi maʼlum bo‘ldi.

Bundan tashqari, Asaka Agrotexnologiyalar texnikumi buyurtmachiligida 442 mln. so‘mlik texnik jihozlarni xarid qilish yuzasidan o‘tkazilgan davlat xaridlarida baholash jarayonida qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan.

Shuningdek, agentlikning taqdimnomalariga asosan xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilinib, mazkur davlat xaridlarining qonunga xilof tarzda o‘tkazilishining oldi olindi.

Tahlillar davomida to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.