$
 12586.41
-13.51
 13497.67
-13.22
 144.49
0.01
weather
+26
Кечаси   +14°

Organizm ichki yogʻi nimasi bilan xavfli va uni qanday kamaytirish mumkin?

visseral

Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati organizm ichki yog‘ini kamaytirish bo’yicha bir qancha tavsiyalar berdi.

Visseral yog‘ nima?

Qorin bo‘shligʻidagi ichki organlar, masalan, jigar, oshqozon osti bezi va ichaklar atrofida to‘planadigan yogʻlarning bir turi visseral (ichki) yogʻ deb ataladi. U teri osti yogʻidan farq qiladi va salomatlik uchun zararlidir.

 Bunday yogʻ qandli diabetning 2-turi, yurak-qon tomir kasalliklari, insult va saratonning ba'zi turlari kabi xastaliklarga chalinish xavfini oshiradi. Shuningdek, visseral yogʻ metabolik faol, ya'ni gormonal fonga va moddalar almashinuviga ta'sir qiladi.

Yogʻ to‘planishining sabablari

Visseral yogʻning to‘planishiga xizmat qiluvchi omillar quyidagilar:

noto‘gʻri ovqatlanish (shakar va to‘yingan yogʻlarni haddan tashqari ko‘p iste'mol qilish);

jismoniy faollikning kamligi;

kortizol darajasining oshishiga olib keluvchi stress holatlari;

genetik moyillik;

yoshning oshishi, chunki yillar davomida metabolizm sustlashadi.

Nima qilish lozim?

Visseral yogʻ miqdorini kamaytirish uchun nimalar qilish kerak?

Buning uchun avvalambor jismoniy faollik zarur. Yugurish, piyoda yurish, suzish, velosipedda uchish kabi muntazam aerobik mashqlar kaloriyalarni yoqish va ichki organlardagi yogʻni kamaytirishga yordam beradi. Buning uchun haftada kamida 150 daqiqa o‘rtacha jismoniy mashqlar tavsiya etiladi. Shuningdek, ogʻirlik ko‘tarish kabi mashgʻulotlar mushaklar massasini oshirib, metabolizmni tezlashtiradi.

 Ikkinchi o‘rinda esa muvozanatli ovqatlanish zarur. Bunda organizm uchun kerak bo‘lgan barcha oziq moddalarni ta'minlaydigan turli xil taomlarni iste'mol qilish tavsiya etiladi. Ratsionning asosini sabzavot, mevalar, don mahsulotlari, yogʻsiz go‘sht, baliq, dukkaklilar va turli yongʻoqlar tashkil qilishi kerak.

Tavsiyalar

Shakar va rafinatlangan uglevodlar iste'molini cheklagan ma'qul. Shirinliklar, oq non, makaron va shirin ichimliklardan tiyiling.

 Zaytun yogʻi, yongʻoq va yogʻli baliqlardan olingan sogʻlom yogʻlarni ratsionga kiritish maqsadga muvofiq. Trans yogʻlardan saqlaning va to‘yingan yogʻlarni iste'mol qilishni cheklang.

Navbatdagi tavsiya stressni boshqarish bo‘lib, buning uchun meditatsiya, chuqur nafas olish, yoga yoki boshqa dam olish usullarini mashq qilish foydadan xoli emas. Yetarli vaqt (sutkasiga 7-9 soat) va sogʻlom uyqu ham juda muhim. Sababi uyquga to‘ymaslik ham visseral yogʻning ortishiga yo‘l ochadi. Shuning uchun kuningizni shunday tashkil qilingki, dam olish va tiklanish uchun vaqt yetarli bo‘lsin.

Sogʻlom turmush tarzini yuritish kerak

 Bundan tashqari, visseral yogʻ darajasini va umumiy sogʻligʻingizni kuzatib borish uchun muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tib turing.

 Hayot tarziga o‘zgarishlar kiritish va sogʻlom turmush tarzini yuritish albatta o‘z natijasini beradi. Asosiysi, umumiy salomatlik holatini yaxshilash va surunkali kasalliklarning rivojlanish xavfini kamaytirishga erishish mumkin.

Теги :
Жамият