$
 12957.01
-11.33
 13485.66
-6.6
 132.13
-0.19
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi: “Ushbu material xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarda nizo keltirib chiqarishga urinayotgan buzg‘unchi kuchlar tomonidan to‘qib chiqarilgan”

it

Bir necha kun oldin jtimoiy tarmoqlarda Rossiya fuqarosi deb taxmin qilingan shaxsning o‘zbeklarni it deb atagani aks etgan video tarqalgan edi.

Tashqi ishlar vazirligi o‘zbeklarni “it” deb atagan shaxs borasida bayonot berdi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, video internetda topilishi bilanoq Rossiya tomoniga zudlik bilan murojaat qilingan.

“Bunday haqoratomuz bayonotlar, kim tomonidan aytilishidan qat’iy nazar, chuqur afsusdamiz”

Bunga javban Rossiya Tashqi ishlar vazirligi quyidagi mazmundagi bayonotni ochiqlagan:

“Qaysi millatga mansub bo‘lishidan qat’i nazar, xalqimizga qarata aytilayotgan bunday gaplarni mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi. O‘zbekiston o‘z fuqarolarining huquqlari, sha’ni va qadr-qimmatini qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar doimo himoya qilgan va himoya qiladi.

Biz axborot maydonini muntazam ravishda kuzatib boramiz. Ushbu video internetda topilishi bilanoq, Rossiya tomoniga diplomatik kanallar orqali zudlik bilan murojaat qilingan. Bunday paytlarda asl manbani topish va materialning haqiqiyligini tekshirish juda muhimdir.

Tashqi ishlar vazirligining ta’kidlashicha, “Rossiya tomoni shu zahotiyoq “Bunday haqoratomuz bayonotlar, kim tomonidan aytilishidan qat’i nazar, chuqur afsuslanarliligi”ni bildirgan.”

Vazirlik axbrotiga ko’ra, “tekshiruvlar natijasida ushbu material provokatsion xususiyatga ega bo‘lib, xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarga nizo keltirib chiqarishga urinayotgan buzg‘unchi kuchlar tomonidan to‘qib chiqarilgani ma’lum bo‘lgan.”

Videodagi shaxs Rossiya Federatsiyasi fuqarosi emasligi iddao qilinmoqda

“Rossiya tomonining xabar berishicha, videoda tilga olingan shaxs Rossiya Federatsiyasi fuqarosi emas. Hozirda Rossiyaning rasmiy OAVlari ham bu borasida qator materiallarni e’lon qilmoqda”, – deyiladi O‘zbekiston TIV matbuot kotibi Ahror Burhonov tarqatgan bayonotda.

Shu bilan bir qatorda, Rossiya TIV so‘zchisi Mariya Zaxarovaga ko‘ra, FSB bu erkakning shaxsini aniqlagan: u Nikolay Nikolayevich Kochmarik. Rossiyalik siyosatchi uni ukrainalik deya da’vo qilgan.