$
 12957.01
-11.33
 13485.66
-6.6
 132.13
-0.19
weather
+26
Кечаси   +14°

Axborot provakatsiyasi: O‘zbekiston fuqarolarini aslida kim haqorat qildi?

haqorat

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya fuqarosi ekani aytilayotgan shaxsning o‘zbekistonliklarni itga tenglashtirib gapirgan videosi tarqalgan edi. Unda o‘zini Rossiya fuqarosi deb atagan shaxs O‘zbekiston xalqini tahqirlovchi bayonotlar bilan chiqdi. Ushbu videotasvir Litva jurnalistining YouTube kanalida e’lon qilingan va unda shovinistik gaplar yangragan. Bu holat O‘zbekiston internet olamida katta norozilikka sabab bo‘ldi. Ko‘plab foydalanuvchilar rasmiy munosabat bildirilishini talab qildi va aybdorni jazolashga chaqirdi. Biroq voqeaning asl mohiyati ko‘rinishidan ancha murakkab ekani ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekistonning munosabati

O‘zbekiston Ekologiya vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev birinchi bo‘lib rasmiy bayonot berdi. U bunday tahqirli bayonotlar xalqni kamsitish ekanini ta’kidlab, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligidan aniq javob kutayotganini bildirdi

“Shunday vaziyatga O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi munosabat bildiradimi? Agar bugun bunday bayonotlar javobsiz qoldirilsa, kelajakda bundan ham tahqirli gaplar paydo bo‘lishi mumkin”, — deya ta’kidlagan Kusherbayev.  

Ijtimoiy tarmoqlarda ham fikrlar ikki qismga bo‘lindi. Ayrim foydalanuvchilar bu mojaro bo‘yicha rasmiy izoh va qat’iy choralar talab qilgan bo‘lsa, boshqalar ushbu videoning kelib chiqishi shubhali ekanini va bu mojaroni sun’iy ravishda avj oldirilganini ta’kidlagan.  

Rossiya rasmiylari qanday javob berdi?

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova bugun ushbu hodisaga izoh berib, FSB tomonidan tekshiruv o‘tkazilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, videodagi shaxs aslida Rossiya fuqarosi emas, balki Ukrainaning Nikolayev viloyatida tug‘ilgan Nikolay Kochmarik bo‘lib, u Ukraina Qurolli Kuchalarini qo‘llab-quvvatlaydi. 

FSB ma’lumotlariga ko‘ra, video montaj qilingan bo‘lib, u Litva maxsus xizmatlari nazorati ostidagi YouTube kanali orqali tarqatilgan.

“MDH davlatlari o‘rtasidagi do‘stlik ming yillik tarixga ega va uni na feyk videolar, na chetdan uyushtirilgan provokatsiyalar buza olmaydi”, — deya bayonot bergan Zaxarova.  

FSBning qo‘shimcha qilishicha, bunday harakatlar Rossiya va uning MDHdagi hamkorlari o‘rtasidagi munosabatlarni buzish va O‘zbekistonda antirussiya kayfiyatni shakllantirishga qaratilgan.  

Ukrainaning munosabati qanday?

Hozircha Ukraina rasmiylari FSB va Rossiya Tashqi ishlar vazirligining bayonotlariga munosabat bildirmagan. Shu bilan birga, Rossiya maxsus xizmatlari ilgari ham Ukrainani MDH davlatlaridagi vaziyatni beqarorlashtirish uchun axborot operatsiyalarini o‘tkazishda ayblagan. Ukraina matbuoti esa bunday da’volarni Rossiyaning Ukrainani obro‘sizlantirishga qaratilgan targ‘ibot kampaniyasi deb atagan.

Теги :
Jamiyat