$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Vazir til biladigan yoshlarni xorijga ketmaslikka chaqirdi

Sherzod Shermatov

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ommaviy axborot vositalari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda til biladigan yoshlarning aksariyati chetga ketayotganligi, ularning shu yerda turib ham yaxshi daromad topa olishi mumkinligi, shuningdek, O‘zbekistonning so‘nggi yillarda IT sohasidagi eksport holati haqida aytib o‘tdi.

“Bizda chet tilini yuqori darajada biladigan 10 mingdan ortiq yoshlarda ehtiyoj bor”

Sherzod Shermatov, bizda chet tillarini yuqori darajada biladigan 10 mingdan ortiq yoshlarga ehtiyojimiz bor, bu raqamlar yil oxiriga qadar 70 mingga yetishi kutilmoqda deb aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, juda ko‘p yoshlar shu terda, o‘z oilasining bag‘rida turib ham yaxshi daromad topa olish mumkinligini bilmaydi ham. Bugungi kunda juda ko‘plab kompaniyalar uchun bunday kadrlar kerak, bugun yurtimizda ham 4-5 ming AQSh dollar topadigan ko‘plab yoshlar borligini aytib o‘tib, bularning barchasi ham IT kompaniyalari emas, masofadan turib ham ko‘p ishlarni qilish imkoniyatlarini eslatdi. U yana, davlat bunday yoshlarni doimo qo‘llab quvvatlashini, yuqori ball bilan xorijiy til sertifikatlarini olgan yoshlarning butunlay qoplab berilayotganini, bunday imkoniyatdan foydalanish kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

 “Amerikaga qilingan eksportning katta qismi ITga tegishli”

 Shuningdek ushbu yig‘ilishda Sherzod Shermatov so‘nggi yillardagi IT sohasidagi eksport haqida ham ba’zi ma’lumotlarni taqdim qilib o‘tdi. O‘zbekiston 2022-yilda 140, 2023 yilda esa 344 million dollarlik IT xizmatlarini dunyo bo‘ylab eksport qilgan bo‘lib, vazir bunday yuqori natijani yaratilgan yaxshi sharoitlar tufayli ko‘plab xorijiy kompaniyalar mamlakatga kirganligi bilan izohladi. Biz 2022-yilgi 140 millionlik natijadan keyin o‘z oldimizga avval 200 millionni, ammo keyin o‘z imkoniyatlarimizdan kelib chiqib ushbu raqamlarni 300 millionga ko‘tardik va biz ko‘zlangan maqsaddan-da yaxshiroq natijaga erishdik, deb aytib o‘tdi vazir jurnalistlar bilan suhbatda. Aytib o‘tish kerakki, birgina AQSHning o‘ziga 150 millionlik ushbu xizmatlar sotilgan. Bunday yuqori natijalar va ko‘plab xorijiy kompaniyalarning kelishining sabablaridan biri sifatida albatta soliqlardan beriladigan ko‘plab imtiyozlarni ham aytib o‘tish kerak. Vazir soliqdan tashqari ham kompaniyalar bilan ishlaydigan alohida jamoa borligini, IT parkda ingliz tilida gaplashadigan alohida guruh tuzilgan ekanligini ham qoʻshib qoʻydi.