$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Joriy yilda o‘zbek so‘mining dollarga nisbatan qadrsizlanishi sekinlashdi

valyuta so

2024-yilda o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan qadrsizlanishi o‘tgan yilga nisbatan sekinlashdi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning oxirida 1 AQSh dollarining qiymati 12 ming 352 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yil yakunida bu ko‘rsatkich 12 ming 904 so‘m bo‘ldi.

Byudjetnomadagi prognozlar

Yil davomida milliy valyuta 552 so‘m yoki 4,47 foizga zaiflashdi.

Ma’lumot uchun, so‘m 2022-yilda 3,94 foizga, 2023-yilda esa 9,7 foizga qadrsizlangandi.

2025-yil byudjet parametrlarida dollar kursi o‘rtacha yillik 13 250 so‘mdan hisoblangan. Bu ko‘rsatkich 2026-yil uchun 13 725 so‘m, 2027-yil uchun 14 150 so‘m bo‘lishi prognoz qilinyapti. 

S&P reytingi nima deydi?

S&P xalqaro reyting agentligiga ko‘ra, o‘zbek so‘mining dollarga nisbatan o‘rtacha kursi keyingi yillar davomida quyidagicha bo‘lishi mumkin.

 2025-yilning oxirida – 13 650 so‘m;

 2026-yilning oxirida – 14 300 so‘m;

 2027-yilning oxirida – 15 000 so‘m.

Nimalar ta’sir qiladi?

So‘mning qadrsizlanish sur’atini prognoz qilishda nimalar inobatga olinadi? Avvalambor, eksport va import balansi. O‘zbekistonning asosiy eksport tovarlari (oltin, gaz, paxta) narxlarining global bozordagi o‘zgarishi milliy valyuta barqarorligiga ta’sir qiladi. 2024-yilda oltin narxining oshishi eksportni qo‘llab-quvvatladi, biroq gaz importining boshlanishi valyuta balansiga salbiy ta’sir qildi.

Inflyatsiya darajasi ham muhim omillardan biridir. 2024-yilda inflyatsiya darajasining yuqoriligi energiya va gaz tariflarining oshishi bilan bog‘liq, bu iste’mol bozoriga bosim o‘tkazmoqda. Bundan tashqari, Rossiyadan va boshqa mamlakatlardan kelayotgan pul o‘tkazmalari ham so‘mning qadrsizlanishini pasaytiruvchi muhim omil bo‘lib, ular 2024-yilda 35%ga oshdi.

Aniq prognozning imkoni bormi?

So‘mning dollarga nisbatan kursini aniq prognoz qilish juda murakkab, chunki bu ko‘plab omillarga bog‘liq. Xususan, O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish yaxshi bo‘lsa, so‘mning dollarga nisbatan qadrsizlanishi sekinlashadi. Aksincha, mamlakatda inflatsiya darajasi oshib ketsa, so‘mning qadri pasayadi. Tashqi savdoda eksport-import balansi ham milliy valuta qiymatining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Umuman olganda esa, so‘mning qadrsizlanish sur’atining sekinlashishi mamlakat iqtisodiyotidagi barqarorlikni ko‘rsatadi. 2024-yilda yalpi ichki mahsulot (YIM) hajmi 6%ga o‘sishi kutilmoqda, bu esa iqtisodiy o‘sishning davom etayotganidan dalolat beradi.

Теги :
Iqtisodiyot