$
 12790.12
-4.9
 13936.11
42.0
 130.03
-1.59
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonliklar banklarda valyuta sotib olishdan ko‘ra sotishni afzal ko‘rmoqda

Valyuta

Aholi tomonidan chet el valyutasini sotish va xarid qilish o‘rtasidagi ijobiy tafovut ortib bormoqda. Bu haqda Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratovning taqdimotida keltirilgan.

Xorijiy valyutaga bo‘lgan talabdan deyarli ikki baravar savdo hajmi

Joriy yilning to‘qqiz oyi yakuniga ko‘ra, o‘zbekistonliklar banklarga xaridga nisbatan $4,8 mlrd.ga ko‘p chet el valyutasini sotgan. Iyul-sentabr oylarida oylik savdo hajmi $1,5 mlrd.ni tashkil etdi, bu xorijiy valyutaga bo‘lgan talabdan deyarli ikki baravar ko‘pdir.

 “Nisbatan qat’iy” sharoit saqlanib qolyapti

Shu bilan birga, pul bozori foiz stavkalari va DQQ daromadliligi ko‘rsatkichlari “nisbatan qat’iy” sharoitlar saqlanib qolayotganligini ko‘rsatmoqda. Bank tizimida likvidlik hajmining ortishi sharoitlarni yumshatuvchi, aholi depozitlari va kreditlari bilan bog‘liq miqdoriy ko‘rsatkichlar esa qat’iylashtiruvchi ahamiyat kasb etmoqda. Kutilmalarning pasayishi va almashuv kursi barqarorligi ham nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlaridan signal bermoqda.

Depozitlar

Bundan tashqari, 1-oktyabr holatiga bank tizimidagi jami depozitlar qoldig‘i o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 32,3 foizga (yil boshidan 22,1 foizga) o‘sib, 203 trln. so‘mni tashkil etdi. Bunda, jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi muddatli depozitlari qoldig‘i yillik 1,6 barobarga (yil boshidan 46,2 foizga) o‘sib, 48 trln. so‘mni tashkil etdi.

“Oltinsiz eksport hajmi (+15,5 foiz) va transchegaraviy pul o‘tkazmalarining (+34,8 foiz) yuqori sur’atlarda o‘sishi ichki valyuta bozorida muvozanatni ta’minlab, milliy valyutada jamg‘armalarni yanada rag‘batlantiradi va nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlarini saqlab qolish imkonini bermoqda”,deya qayd etdi Nurmuratov.

O‘zbekistonga xorijdan qancha pul kirib kelgan?

Shuningdek, 2024-yilning yanvar—sentyabr oylarida O‘zbekistonga xorijdan 11,3 milliard dollarlik pul o‘tkazmalari kelib tushgan. Ushbu natija o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 34 foizga yuqori hisoblanadi. Pul o‘tkazmalari mamlakatga asosan quyidagi davlatlardan kelib tushgan:

·       Rossiya - 8,75 milliard dollar;

·       Qozog‘iston – 625 million dollar;

·       Janubiy Koreya - 420 million dollar;

·       AQSh - 415 million dollar;

·       Turkiya - 291 million dollar;

·       Buyuk Britaniya - 93 million dollar;

·       Polsha - 48 million dollar.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot