$
 12825.43
-12.9
 13493.63
-4.59
 120.98
1.28
weather
+26
Кечаси   +14°

Yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddati belgilandi

hisobot

Buxgalteriya hisobi subyektlari tomonidan moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari tasdiqlandi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra BHMSga asosan tuzilgan yillik moliyaviy hisobot hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay taqdim etilish belgilangan edi.

  Hisobot keyingi yilning 1-martidan kechiktirilmay taqdim etilishi shart

Ma’lum qilinishicha, BHMSga asosan tuzilgan yillik moliyaviy hisobot hisobot yilidan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay, MHXSga asosan tuzilgan yillik moliyaviy hisobot hisobot yilidan keyingi yilning 1-mayidan kechiktirmay taqdim etiladi.

Shuningdek, amaldagi qonunchilikka ko‘ra BHMSga asosan tuzilgan yillik moliyaviy hisobot hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay taqdim etilish belgilangan bo‘lib, endilikda tadbirkorlik subyektlariga yengillik yaratish maqsadida ushbu muddat 1-mart qilib belgilanmoqda.

MHXSga asoslangan moliyaviy hisobotning muddatlari ham belgilandi

Mavjud qonunchilik hujjatlarida MHXSga asosan moliyaviy hisobot tuzuvchi tashkilotlar uchun moliyaviy hisobotlarni taqdim qilish muddatlari belgilanmagan bo‘lib, endilikda ushbu toifadagi tashkilotlar uchun MHXSga o‘tish jarayonlarida qo‘shimcha yengilliklar yaratish maqsadida yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim qilish muddati 1-may etib belgilanmoqda.

Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni bo‘yicha batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin.