$
 12790.12
-4.9
 13936.11
42.0
 130.03
-1.59
weather
+26
Кечаси   +14°

Joriy yilning 10 oyida 1,6 milliard kub metr gaz iqtisod qilindi

Gaz

2024-yilda hududlar va tarmoqlar kesimida 2 mlrd 154 mln m3 tabiiy gazni oyma-oy tejash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlangan. AOKAda “Hududgazta’minot” AJ raisi o‘rinbosari Tohir Turdiyev ishtirokida o‘tkazilgan brifingda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi. “Hududgazta’minot” AJ tomonidan gaz ta’minotini 2024/2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun o‘tgan yillar kuz-qish mavsumida kuzatilgan muammo va kamchiliklardan xulosa chiqargan holda natijador va aniq manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqildi va hududlarda tizimli ish tashkil etildi.

Tabiiy gaz ta’minoti bo‘yicha

Bungungi kunga qadar mavsumga tayyorgarlik ko‘rish doirasida ishlab chiqilgan chora-tadbirlarga muvofiq 173,6 km gaz tarmoqlarida mukammal va joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, 1650 ta mahallalarda 263,0 km yangi gaz tarmoqlari rekonstruksiya qilindi.

Bundan tashqari, 478 dona gaz taqsimlash punktlari mukammal ta’mirlanib, 52 462 dona gaz taqsimlash punktlarini texnik taftishdan o‘tkazib shay holatga keltirildi. Shuningdek, 6 777 km gaz quvurlari bosim ostida sinaldi. Dastur bo‘yicha 7 283 km yer osti gaz quvurlarining holati tekshirilib, 4 095 km yer usti gaz quvurlari estetik jihatdan tartibga keltirildi. Shu bilan birga joriy yilda 281 mingta, tadbir boshidan bir million ikki yuz ming ta xonadonga gaz bosim rostlagichlar (regulyator) o‘rnatilib, ikki bosqichli tizimga o‘tkazildi. 5 882 ta gaz taqsimlash punkti demontaj qilindi. Natijada, texnologik yo‘qotishlar 1,9 mln kub metrga qisqartirildi va kuz-qish mavsumida 571 mingdan ortiq aholi xonadonlarida gaz ta’minotini yaxshilash imkoniyati yaratildi.

Qo‘shimcha gaz quvurlari

Rejadan tashqari, Buxoro, Xorazm va Sirdaryo viloyatlaridagi 43 ta mahallalarning gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida qo‘shimcha ravishda 69 km gaz quvurlari mukammal ta’mirlandi. Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida tungi smenalardagi 238 ta brigadalar maxsus avtotransport va himoya vositalari bilan ta’minlandi, 803 ta gaz payvandlash apparatlari shay holatga keltirildi. Avariya-tiklash xizmatlari uchun 38,8 km turli diametrdagi gaz quvurlari, 2 847 dona butlovchi qismlar, 554 ta manometrlar hamda 5,6 tonna karbid va 2,5 tonna moylash materiallarining zaxiralari yaratildi.

Suyultirilgan gaz ta’minoti bo‘yicha nimalar qilindi?

2024/2025-yil kuz-qish mavsumi uchun 3,7 mlnta suyultirilgan gaz ta’minotidagi aholi iste’molchilariga 2024 oktyabr 2025-yil mart oylarida jami 330 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish rejalashtirildi.

Iste’molchilarning maishiy gaz ballonlariga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib, joriy yil boshidan qo‘shimcha 26,5 ming dona maishiy gaz ballonlar yetkazib berildi. Qo‘shimcha 5 ta yangi maxsus avtotransport vositalari xarid qilindi va yana 8 ta xususiy tadbirkorlar bilan shartnoma asosida jalb qilindi. Shuningdek, gaz to‘ldirish inshootlarida kunlik 3,7 ming tonna gaz va gaz ta’minoti omborlarida 22,3 ming dona maishiy gaz ballon zaxirasi yaratilgan. Olis va borish qiyin bo‘lgan 292 ta qishloq (ovul)lardagi 142 ming aholi xonadonlari hamda ijtimoiy daftarlarga kiritilgan oilalar belgilangan reja asosida joriy yilning 1-noyabr holatiga 1,7 ming tonna suyultirilgan gaz bilan ta’minlandi va bugungi kunda ta’minot ishlari amalga oshirilmoqda.

Gaz yetkazib berishda samaradorlik

Suyultirilgan gazni yetkazish muddati va sarf xarajatlarini qisqartirish, infratuzilmasini takomillashtirish va boshqaruvini optimallashtirish maqsadida:

- 20 ta gaz to‘ldirish inshooti autsorsing asosida jalb qilinib, saqlash quvvati 847 tonnaga, oylik to‘ldirish quvvati esa 11,5 ming tonnaga oshirildi;

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasida Respublika bo‘yicha 50 ta yangi gaz to‘ldirish kolonkalari o‘rnatildi, 37 ta suyultirilgan gaz saqlash sig‘imlari bosim ostida gidravlik sinovdan o‘tkazildi.

Tabiiy gazni iqtisod qilish bo‘yicha

Jamiyat tomonidan 2024-yilda hududlar va tarmoqlar kesimida 2 mlrd 154 mln m3 tabiiy gazni oyma-oy tejash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlangan. Xususan, joriy yil yanvar-oktyabr oylari davomida jami 1 mlrd. 618 mln. m3 iqtisod qilindi.

Tabiiy gazdan tejamkor va oqilona foydalanish bo‘yicha targ‘ibot ishlari amalga oshirish natijasida, yil boshidan 1,2 milliondan ortiq ma’nan eskirgan gaz gorelkalari zamonaviy energo tejamkorlariga almashtirildi. Shuningdek, sohaga ilmiy-texnikaviy yondashish maqsadida Respublikamiz miqyosida energiya resurslarini tejash va yo‘qotishlarni kamaytirish borasida malakali olimlar jalb qilinib, tabiiy gazni iqtisod qilish imkoniyati mavjudligi aniqlanib, ma’lumotlar taqdim etib borilmoqda.

Parkentda olib borilgan ishlar

Shu bilan birga, energetik xavfsizlikni ta’minlash uchun sohani to‘liq raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratilib, Jamiyat ishchi-guruhi tashkil qilindi hamda viloyat, tuman va mahallalar holati o‘rganib chiqilmoqda. Har bir tuman va shaharda mahalla balansi shakllantirish rejasi belgilab olindi.

Misol tariqasida, Toshkent viloyati Parkent tumanining Gulbog‘ qo‘rg‘onida gaz uzatish jarayonlarini ikki bosqichli tizimga o‘tkazish orqali, ma’nan eskirgan 16 ta o‘rta bosimli gaz taqsimlash punktlarini demontaj qilindi hamda pilot loyiha sifatida 960 ta iste’molchiga xizmat qiluvchi yagona “Avtomatlashtirilgan mahalla iste’moli nazorati va hisobi balansi”ni yurituvchi innovatsion gaz taqsimlash punkti joriy etilib, yillik 152,1 ming m3 tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishildi.

“Hududgazta’minot” mavsumni betalafot o‘tkazishga tayyor

Ushbu tajribani respublikaning barcha tuman va shaharlarida to‘liq joriy etish natijasida 991 mln. m3 gaz iqtisod qilinib, iste’molchilarga tabiiy gazni yetkazib berish jarayonlari sun’iy intellekt texnologiyalari orqali boshqariladi. Iste’mollar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, muammoli masalalarni aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadida, 24/7 ish rejimida “Call-center” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

“Hududgazta’minot” gazga bo‘lgan talab va ehtiyojdan kelib chiqib, kuz-qish mavsumida iste’molchilarni tabiiy va suyultirilgan gaz bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha har tomonlama va puxta tayyorgarlik ko‘rilganligi, shuningdek, mavsumni betalafot o‘tkazishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.