$
 12694.96
23.12
 13508.71
39.81
 134.66
0.02
weather
+26
Кечаси   +14°

UzAuto Motors aksiyalari “Toshkent” fond birjasida joylashtirildi

Фото: UzAutoMotors Фото: UzAutoMotors

O‘zbekiston fond bozori tarixidagi aksiyalarning umumiy qiymati bo‘yicha eng yirik IPO yakunlandi – UzAuto Motors AJ aksiyalari “Toshkent” fond birjasida birlamchi ommaviy taklif (IPO) orqali joylashtirildi.

So‘nggi yillarda kompaniyaning rivojlanish yo‘lidagi saʼy-harakatlari hamda erishilgan qator yutuqlar invsetitsiyaviy hamkorlikka yo‘l ochdi va munosabatlarni mustahkamladi. Natijada UzAuto Motors AJning IPO‘ga chiqishi O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorida uzoq kutilgan voqelikka aylandi.

Savdolar yakuniga ko‘ra, kompaniyaning 56,9 mlrd so‘mlik aksiyalari Respublika fond birjasiga joylashtirilgan bo‘lsa, o‘zaro taqsimlanishi bo‘yicha 80 foizi institutsional investorlar (yuridik shaxslar), qolgan 20 foizi jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keladi.

UzAuto Motors aksiyalarining ilk ommaviy joylashtirilishi respublikamizda amalga oshirilayotgan xususiylashtirish va kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha yirik davlat korxonalari o‘rtasidagi dastlabki qadam hisoblanadi.

Taʼkidlash joiz, UzAuto Motors IPO si koronavirus pandemiyasi va global iqtisodiy inqirozdan so‘ng mahalliy fond bozorida amalga oshirilayotgan ilk IPO hisoblanadi. Shubhasiz mazkur voqelik mahalliy investorlarning faollashuvi hamda kompaniyaning jahon hamjamiyatiga iqtisodiy tomonlama integratsiyalashuviga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi.

Reklama huquqi asosida.