$
 12938.11
18.11
 14076.66
-25.52
 149.99
0.47
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkent shahrida xonadon sotib olish ijarada turishga nisbatan “arzon”roq tushishi ma’lum bo‘ldi

Uy, xonadon

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlili bo‘yicha, Toshkent shahrida 2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra xonadon narxi 11,2 yillik to‘lanadigan ijara haqiga teng ekanini ko‘rsatmoqda

Uy-joy taklifi ko‘paydi

Tahlilga ko‘ra, 2017-yildan boshlab mamlakatda uy-joy qurilish sur’ati keskin oshib, uy-joy taklifi ko‘paydi. Xususan, 2010—2016-yillarda xonadon (uylar) soni 400 ming donaga ko‘paygan bo‘lsa, o‘tgan 7 yilda ushbu ko‘rsatkich 1,65 millionga ko‘paygan. 2024-yilda 100 mingdan ortiq xonadonga ega bo‘lgan ko‘p qavatli uy joylar qurilib, uylar soni 7,6 milliontaga yetdi.

2024-yilda ro‘yxatdan o‘tgan uy-joy oldi-sotdi bitimlari soni o‘tgan yilga nisbatan 5,8 foizga pasayib, jami 256,6 ming donani tashkil etdi. Markaz hisob-kitoblariga ko‘ra, 2025-yil yanvar holatiga tijorat ipoteka kreditlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavka 25,3 foizga teng.

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yil bo‘yicha tijorat banklarining o‘z mablag‘lari hisobidan ajratilgan ipoteka kreditlari o‘rtacha foiz stavkasi 24,8 foizni tashkil etgan.

2025-yil uchun kutilmalar 

2025-yilda ham uy-joy bozorida talab va taklifni qo‘llab quvvatlashga qaratilgan ishlar davom ettirilishi ko‘zda tutilgan. Xususan, 2025-yilda 120 ming xonadonli ko‘p qavatli uylar qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, uy-joy dasturlarini moliyalashtirishga byudjetdan 15,5 trln so‘m, banklar tomonidan qo‘shimcha 10 trln so‘m yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

Uy-joy narxlari 

2022-2024-yillarda uy-joy narxlari o‘zgarishining tahlili ko‘rsatishicha, o‘tgan 2 yilda narxlar o‘sishi sekinlashmoqda. Misol uchun, 2022-yilda nominal uy-joy narxlari respublika bo‘yicha o‘rtacha 23,6 foiz (dollar hisobida) o‘sgan bo‘lsa, 2024-yilda narxlar o‘sishi 6,2 foizni tashkil etdi.

Toshkent shahrida ijara narxlari o‘zgarishi 

2022-yil yanvardan 2024-yil dekabriga qadar Toshkent shahrida o‘rtacha ijara narxi (1 kv.metr) 1,2 foizga o‘sgan. Ijara narxi o‘sishi asosan 2022-yilda kuzatilib (25 foiz), 2023-yildan boshlab ijara narxi pasayishni boshlagan.

Xususan, yillik hisobda ijara narxi o‘sishi 2023- yil yanvaridan pasayishni boshlab, 202- yil oktyabrdan 2024-yil dekabrgacha ijara narxi tushishi kuzatilmoqda. 2024-yil yakuniga ko‘ra, ijara narxi o‘rtacha 8,2 dollarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 11,5 foizga pasaygan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Toshkent shahrida 2025-yil 1-yanvar holatiga xonadon narxi 11,2 yillik to‘lanadigan ijara haqiga teng. 2022-yil solishtirganda yanvariga uy-joy narxlari ijara narxlariga nisbatan tezroq o‘sgani tufayli ushbu nisbat kattalashib (3,65 yilga ko‘paygan) kelgan. Boshqacha aytganda, mazkur davrda xonadon sotib olishdan ko‘ra ijarada turish afzalligi ortgan. 

Qabul qilingan normalarga ko‘ra, narx-ijara nisbati 16 yilgacha bo‘lsa uyni sotib olish ijaraga olgandan “afzalroq”, 16–21 yil oralig‘ida bo‘lsa, xonadon sotib olish va ijaraga turish qiymati bir xil, 21 yildan katta bo‘lsa, ijarada turish uyni xarid qilishdan ko‘ra afzalroq hisoblanadi.

Shunga ko‘ra bugungi kunda Toshkent shahrida xonadon sotib olish ijarada turishga nisbatan “arzon”roq (afzal) hisoblanadi.

Теги :
Jamiyat