$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda qancha davlat va nodavlat umumta’lim muassasalari mavjud?

Stolchik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi 2023/2024 o‘quv yili boshiga faoliyat yuritayotgan umumta’lim muassasalari sonini ma’lum qildi.

Umumiy ma’lumot

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yili boshiga faoliyat yuritayotgan umumta’lim muassasalari soni 10 750 tani tashkil etgan. Shuningdek, umumta’lim muassasalari soni so‘nggi 5-yilda 660 taga oshgan. Yillar kesimida umumta’lim muassasalari soni quyidagicha oshib borgan: 

2018/2019 o‘quv yili boshiga – 9774 ta 

2019/2020 o‘quv yili boshiga – 10090 ta  

2020/2021 o‘quv yili boshiga – 10181 ta  

2021/2022 o‘quv yili boshiga – 10289 ta  

2022/2023 o‘quv yili boshiga – 10522 ta  

2023/2024 o‘quv yili boshiga – 10750 ta 

Mavzuga umumiy yondashilsa, umumta’lim muassasalari soni 1991/1992 o‘quv yili boshiga nisbatan 2193 taga oshgan.

Xususiy umumta’lim muassasalari

Bundan tashqari, so‘nggi bir necha yillar ichida mamlakatimizda xususiy ta’lim muassasalari ulushi ham oshib bormoqda. Statistika agentligi qayd etishicha, nodavlat umumta’lim tashkilotlari soni ortib bormoqda yildan-yilga ortib bormoqda. 2023/24 o‘quv yili boshiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan nodavlat umumta’lim tashkilotlari soni 293 tani tashkil etgan.  

Nodavlat umumta’lim tashkilotlarining yillar kesimida o‘sib borishi 

Ushbu ko‘rsatkich 2018/2019 o‘quv yili boshiga nisbatan 235 taga ko‘paygan. Yillar kesimida faoliyat yuritayotgan nodavlat umumta’lim tashkilotlari soni quyidagicha o‘sib borgan: 

— 2018/2019-o‘quv yili boshiga – 58 ta 

— 2019/2020-o‘quv yili boshiga – 91 ta 

— 2020/2021-o‘quv yili boshiga – 102 ta 

— 2021/2022-o‘quv yili boshiga – 135 ta 

— 2022/2023-o‘quv yili boshiga – 194 ta 

— 2023/2024-o‘quv yili boshiga – 293 ta