$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Noqonuniy tarzda “Umra” tadbirlarini tashkil etib kelgan fuqaroga chora koʻrildi

Umra ziyorati

Joriy yilning 10-dekabr kuni Samarqand viloyatida o‘tkazilgan maxsus tadbirda noqonuniy tarzda “Umra” tadbirlarini tashkil etib kelgan turfirmaga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘rildi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xabar berdi.

3 600 AQSh dollari

Qayd etilishicha, Samarqand shahrida joylashgan “Atlas avia tour” turistik firmasining 2002-yilda tug‘ilgan xodimi fuqaro A.D.ga tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan holda “Umra” ziyoratiga yuborishini va’da qilib, boshqa fuqarolardan 3 600 AQSH dollari olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangi tartib

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vazirlar Mahkamasi Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq yangi tartiblarni belgilagan edi. Jumladan, Umra tadbirlarini tashkil etuvchilar 1 million dollar mablag‘ni “Ziyorat jamg‘armasi”ga zaxira qilib qo‘yishlari shart. Qarorda, shuningdek, ziyoratchilarning guruh rahbari etib O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan tuziladigan shartnoma asosida diniy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassisni tayinlash; turfirma shtatida diniy (islomiy) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bir nafar mutaxassisning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumot; voyaga yetmagan fuqarolarga xizmat ko‘rsatmaslik; o‘z faoliyatini turoperator va turagentlar orqali amalga oshirmaslik kabi talablar ham belgilangan.

Теги :
Jamiyat