$
 12938.01
22.94
 14673.00
13.1
 158.73
2.3
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

O‘zbekistonliklarning umri rostdan ham uzaymoqdami?

Boboy

Statistika agentligi 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasida doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi yoshini ma’lum qildi. Biroq dunyoning nufuzli tadqiqot nashrlaridagi raqamlar bu ma’lumotni inkor qilmoqda. Statistika agentligi 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasida doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 74,7 yoshni tashkil etganligi haqidagi axborotni ma’lum qildi. Unga ko‘ra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi ayollar uchun – 76,9 yoshni tashkil qilgan bo‘lsa, erkaklar uchun – 72,5 yosh qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich 2022-yilda 73,8 yoshni tashkil etgan.

Dunyo manbalari bunga qo‘shilmaydi

Tabiiyki sizning xayolingizdan "rostdan ham shundaymikan", degan fikr o‘tadi. Albatta, har bir ongli inson mana shunday savol berishi normal holat. Doimgidek ichki statistik ma’lumotlar tashqi manbalarniki bilan mos kelavermaydi. Biz ayni bir manbaning ma’lumotini to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri deyishdan yiroqmiz. Ma’lumotlarni solishtirish va tahlil qilish bizning ishimiz, ularning qay biriga ishonish yo ishonmaslik esa sizning masalangiz. Demak, 2023-yil natijalariga ko‘ra dunyoning nufuzli tadqiqot nashrlaridan birida insonlarning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 73.4 yosh deb qayd etilgan. Qiziqarlisi, ushbu reytingda O‘zbekistonning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi mahalliy manbalardan farqli ravishda 71.78 yosh sifatida qayd etilgan.

2010 yilgi bugun?

Manbalarga nazar solsak, bunday voqeliklar avvallari ham sodir bo‘lib kelgan. Misol uchun 2010 yilgi manbalarda o‘zbek rasmiylari tibbiyot sohasini isloh qilish tufayli mamlakatda o‘rtacha umr ko‘rish 1990-yildagi 67 yoshdan 72 yoshga ko‘tarilganini ko‘p marta takrorlashgan. Mahalliy manbalar keltirgan rasmiy statistikaga ko‘ra, bu davr ichida erkaklarning o‘rtacha umr ko‘rishi 66 dan 70 yoshga, ayollarning o‘rtacha umri esa 70 yoshdan 74 yoshga o‘sgan. O‘sha vaqt matbuotining yozishicha, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda "odamlarning o‘rtacha umr ko‘rishi 4.5-yilga uzaygani prezident Islom Karimov yuritayotgan ijtimoiy yo‘naltirilgan islohotlar natijasidir". Biroq BMTning UNICEF tashkilotining kutilayotgan o‘rtacha umr indeksiga ko‘ra O‘zbekistonda bu raqam aslida pasayib borgan. Mazkur indeksga ko‘ra, 2000-yili mamlakatda "kutilayotgan o‘rtacha umr" 76 yosh bo‘lgan bo‘lsa, 2007-yilga kelib 70, 2008-yili esa 68 yoshga tushgan. O‘sha vaqtdagi BMTning dunyo bo‘yicha o‘rtacha umr ro‘yxatida keltirilishicha, O‘zbekistonda oxirgi besh yilda o‘rtacha umr erkaklar uchun 65-yil, ayollar uchun 71-yilga to‘g‘ri kelgan.