$
 12165.24
-25.19
 14330.65
-32.11
 159.42
-2.67
weather
+26
Кечаси   +14°

Ucell mobil internet tezligi bo‘yicha yana bir bor yetakchi

Ucell

Barselonada o‘tkazilgan Mobile World Congress 2026 xalqaro ko‘rgazmasi doirasida Ucell kompaniyasi mobil aloqa sifati bo‘yicha mustaqil tadqiqotlar natijasida Opensignal va Ookla’dan beshta nufuzli xalqaro mukofotni qo‘lga kiritdi.

Mukofotlar mobil internet tezligi, tarmoq barqarorligi va foydalanuvchilar tajribasini o‘lchovchi xalqaro tahliliy kompaniyalar tomonidan topshirildi.

Opensignal: uch yo‘nalishda yetakchilik

Ucell bosh direktori Andrey Shishkovskiy Opensignal bosh direktori Charles Rutstein qo‘lidan birdaniga uchta mukofotni qabul qilib oldi.

Mobile Network Experience Report – March 2026 hisobotiga ko‘ra, kompaniya O‘zbekistonda quyidagi yo‘nalishlarda yetakchi deb topildi:

  • Eng tezkor mobil internet – Fastest Mobile Network
  • Eng barqaror tarmoq sifati – Most Consistent Network Quality
  • Eng ishonchli mobil tarmoq – The Most Reliable Network

Tadqiqotlarda nimalar o‘lchandi?

Mutaxassislar foydalanuvchilarning real mobil internet tajribasini baholashdi. Xususan:

  • mobil internet yuklab olish tezligi;
  • video va messenjer xizmatlari ishlash sifati;
  • tarmoqning barqarorligi va uzilishsiz ishlashi;
  • foydalanuvchilarning tarmoqqa ulanishi va kundalik raqamli vazifalarni bajarish imkoniyati.

Ookla ham Ucell’ni yetakchi deb topdi

Speedtest platformasi bilan mashhur bo‘lgan Ookla kompaniyasi ham Ucell’ni ikki yo‘nalishda g‘olib deb e’lon qildi.

Speedtest Intelligence® ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya quyidagi mukofotlarga sazovor bo‘ldi:

  • O‘zbekistondagi eng yaxshi mobil tarmoq – Best Mobile Network
  • Eng tezkor mobil internet – Fastest Mobile Network

Mukofotlar 2025 Speedtest Awards doirasida, 2025-yil III–IV choraklari (Q3–Q4) ma’lumotlari asosida taqdim etilgan.

Yetakchilikni saqlash qiyin

Ucell bosh direktori Andrey Shishkovskiy ushbu e’tiroflar kompaniyaning texnologik rivojlanish strategiyasi to‘g‘ri tanlanganini ko‘rsatishini ta’kidladi:

“Telekommunikatsiya bozorida yetakchiga aylanish qiyin. Ammo mobil internet tezligi bo‘yicha yetakchilikni saqlab qolish bundan ham murakkab. Ookla tomonidan ikki yil ketma-ket e’tirof etilishimiz va Opensignal mukofotlari Ucell’ning texnologik yetakchiligini tasdiqlaydi.”

Ucell: 30 yillik tajriba va innovatsiyalar

2026-yil kompaniya uchun alohida sana — Ucell O‘zbekiston telekommunikatsiya bozorida 30 yillik faoliyatini nishonlamoqda. Shu vaqt davomida operator mobil aloqa bozoridagi ilk ishtirokchilardan biridan mobil internet sifati va tarmoq infratuzilmasini rivojlantirish sohasida mezonlarni belgilab beruvchi kompaniyaga aylandi. Ookla va Opensignal kabi xalqaro mustaqil tashkilotlar tomonidan berilgan e’tirof kompaniyaning izchil o‘sish strategiyasi, tarmoqni tizimli modernizatsiya qilish hamda abonentlar manfaatlariga qaratilgan yondashuvining mantiqiy tasdig‘iga aylandi. Ucell ilg‘or yechimlarni joriy etish va xizmat ko‘rsatish darajasini yanada takomillashtirishni davom ettirib, mamlakat bo‘ylab foydalanuvchilarga jahon darajasidagi mobil aloqadan foydalanish imkoniyatini ta’minlamoqda.

Reklama huquqlari asosida