$
 12634.00
8.96
 13710.42
23.61
 148.62
2.51
weather
+26
Кечаси   +14°

“Tursunxon” samosudi: IIB rasmiy munosabat bildirdi

t 5 27

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda Tursunxon nomi bilan tanilgan instabloger nomaʼlum shaxslar tomonidan samosud qilingani aytilgan videotasvir tarqalgan edi. Holatga viloyat IIB matbuot kotibi Jahongir Sagdullayev rasmiy munosabat bildirdi.

Aytilgan joyga kelmagan Tursunxon

Maʼlum qilinishicha, ushbu videodagi holat joriy yil 15-may kuni Samarqand shahrida sodir boʻlgan.

Viloyat IIB rasmiysiga koʻra, Oqdaryo tumanida yashovchi A.T. Samarqand shahrida ikki nafar shaxslar bilan tanishib, ulardan ish topib berishda yordam soʻragan. Ushbu fuqarolardan biri oʻzi ishlayotgan reklama agentligida ishchi oʻrni borligini aytganida, A.T. ushbu ishga rozi boʻlib, ulardan biridan yoʻlkiraga pul olib, uyiga ketib, ertalab aytilgan joyga ishga kelmagan.

Kelishmovchilikdan samosudgacha

Natijada ularning oʻrtasida oʻzaro kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Ikki nafar fuqarolar A.T. bilan uchrashib, uni haqorat qilib, buni tasvirga olishgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar boʻyicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan.