$
 12972.08
15.08
 13223.74
-121.97
 126.61
-1.16
weather
+26
Кечаси   +14°

Litsensiyasiz Umra safari haqida reklama joylashtirgan turoperatorlar jarimaga tortildi

jarima

Raqobat qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida joylashtirilgan materiallar “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari olib borilmoqda.Jumladan, turoperatorlar tomonidan “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid reklamalarning qonuniyligi o‘rganildi

Reklama to‘g‘risidagi qonun talablari buzilgan

Ma’lum qilinishicha, Andijon, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlari hududiy boshqarmalari tomonidan, jami 10 ta (“Marmara Travel Namangan”, “Sultan Travel 2022”, “Diyor Tour”, “Profi-Travel”, “Atlas Avia Tour”, “Meroj Travel”, “Urazov Islom Ulugbekovich (Ideal Travel) ”, “Al Azhar Travel”, “Hiro Travel”, “Maknoon Travel” MChJlar) turoperatorlar tomonidan litsenziya hujjatlari mavjud bo‘lmagan holda reklamalar joylashtirilganligi va bu bilan “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning talablari buzilganligi yuzasidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, yakunlari yuzasidan moliyaviy jarimalar qo‘llanildi.

Mansabdor shaxslari ma’muriy javobgarlikka tortilgan 

Shuningdek, Qo‘mitaning Namangan va Farg‘ona viloyatlari hududiy boshqarmalari tomonidan, jami 5 ta “Safo Marva” MCHJ, “Farg‘ona Tour 2022” MCHJ, “Ziyorotul_Umra” MCHJ, Buvaydaliklar hayoti telegram kanali, “Umra Ziyorati Agentligi” MCHJlar tomonidan berilgan reklamalarda ham yuqoridagi kabi qonunchilik talablari buzilishi yuzasidan mansabdor shaxslari ma’muriy javobgarlikka tortildi. 

Shu bilan birgalikda, 10 dan ortiq litsenziyaga ega bo‘lmasdan reklama materiallari tarqatayotgan axborot resurslarini yurituvchi shaxslarga aniqlik kiritish maqsadida Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markaziga murojaat qilindi. Ushbu o‘rganish yakunlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.

Qo‘mita tomonidan reklama axborotlarini qonunchilik talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.