$
 11986.56
26.47
 13691.65
21.27
 152.09
-0.44
weather
+26
Кечаси   +14°

Turistik bum: xorijliklar tobora ko‘proq O‘zbekistonga kelmoqda

Turistlar Foto: Daryo

Xorijlik sayyohlarning O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishi jadal sur’atlarda o‘sishda davom etmoqda. Xalqaro turizm kompaniyasi Expedia Group ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil iyun oyida mamlakatga sayohatlar bilan bog‘liq qidiruvlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 54 foizga oshgan.

Qiziqish endi haqiqiy sayohatlarga ham aylanmoqda. Expedia Group platformalari orqali O‘zbekistonga safarni bron qilgan sayyohlar soni 45,6 foizga, xarid qilingan aviachiptalar soni esa 23 foizga ko‘paygan.

O‘zbekiston jahon turizm xaritasida tobora ko‘proq e’tibor qozonmoqda

Turizm qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, talabning oshishi bir necha omillar bilan bog‘liq. Jumladan, xalqaro aviaqatnovlarning kengayishi, viza tartib-taomillarining soddalashtirilishi hamda mamlakatning turizm salohiyatini xorijiy bozorlarda faol targ‘ib qilish bunga sabab bo‘lmoqda.

Expedia Group dunyodagi eng yirik turizm kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Uning ekotizimiga Expedia, Hotels.com, Vrbo, Travelocity, Orbitz, CheapTickets va Hotwire servislari kiradi. Ushbu platformalardan har yili dunyo bo‘ylab 300 milliondan ortiq sayohatchi foydalanadi.

O‘zbekistonni ko‘proq qaysi davlat fuqarolari tanlamoqda

Expedia Group foydalanuvchilari orasida O‘zbekiston uchun asosiy xorijiy bozorlar quyidagilar bo‘lib qolmoqda:

  • AQSH;
  • Yaponiya;
  • Buyuk Britaniya;
  • Janubiy Koreya;
  • Germaniya;
  • Fransiya.

Eng yuqori qiziqish o‘sishi AQSH va Yaponiyada qayd etilgan. Yevropa davlatlari orasida esa Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya yetakchilik qilmoqda.

Sayyohlar qaysi shaharlarni tanlamoqda

Mamlakat ichida eng ommabop yo‘nalishlar quyidagicha:

  • Toshkent;
  • Samarqand;
  • Buxoro.

Shu bilan birga, Xivaga bo‘lgan qiziqish ham sezilarli darajada ortmoqda. So‘nggi bir yil ichida ushbu shaharning umumiy bronlar hajmidagi ulushi sezilarli oshgani xorijlik sayyohlar orasida uning mashhurligi ortayotganini ko‘rsatmoqda.

Yuqori turizm mavsumi rekord natijalarni va’da qilmoqda

Expedia Group ma’lumotlariga ko‘ra, tasdiqlangan bronlarning 82,9 foizi 2026-yil iyul–sentabr oylariga rejalashtirilgan safarlarga to‘g‘ri keladi. Bu esa O‘zbekistonda joriy yilgi yuqori turizm mavsumi so‘nggi yillardagi eng muvaffaqiyatli mavsumlardan biriga aylanishi mumkinligini anglatadi.

Yarim yilda O‘zbekistonga 6,5 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadda 6 565 410 nafar xorijiy fuqaro tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,3 million nafarga, ya’ni 24,9 foizga ko‘p.

Olti oy davomida O‘zbekistonga dunyoning 205 ta davlatidan sayyohlar kelgan.

Sayyohlar eng ko‘p qaysi davlatlardan kelmoqda

O‘zbekistonga eng ko‘p sayyoh yuborgan o‘nta davlat:

Qirg‘iziston — 1 875 332 nafar;

Qozog‘iston — 1 553 688 nafar;

Tojikiston — 1 471 670 nafar;

Rossiya — 585 558 nafar;

Afg‘oniston — 238 925 nafar;

Xitoy — 223 479 nafar;

Turkmaniston — 164 211 nafar;

Turkiya — 95 466 nafar;

Hindiston — 26 450 nafar;

Germaniya — 22 294 nafar.

Erkaklar ko‘proqmi yoki ayollar?

Statistikaga ko‘ra, xorijiy sayyohlar orasida erkaklar soni ayollarga qaraganda ko‘proq.

2026-yilning dastlabki olti oyida O‘zbekistonga:

  • 3 627 564 nafar erkak;
  • 2 937 846 nafar ayol tashrif buyurgan.

Sayyohlarning asosiy qismini mehnatga layoqatli yoshdagilar tashkil etmoqda

Xorijiy sayyohlarning yosh tarkibi quyidagicha:

18 yoshgacha — 777 620 nafar;

19–30 yosh — 1 089 647 nafar;

31–55 yosh — 3 390 402 nafar;

56 yosh va undan katta — 1 307 741 nafar.

Eng katta ulushni 31–55 yosh oralig‘idagi sayohatchilar tashkil etmoqda. Ular O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan xorijiy sayyohlarning eng yirik toifasi hisoblanadi.