$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston tezyurar poyezdlari Polshadagiga qaraganda ancha yaxshi

afrosiyob

Polshaning “Podróże” (“Sayohat”) turistik portalida “Afrosiyob” tezyurar poyezdiga bag'ishlangan maqola joylashtirildi.

Yeji Nemotsinski sayohati

Nashrda muallif Yeji Nemotsinski O‘zbekistonga qilgan sayohati haqidagi so'zlab bergan.

“O‘zbekistonda poyezdlar soatiga 230 km tezlikda harakatlanishi ko‘pchilik polshaliklarni hayratda qoldirishi mumkin. Agar men buni o'z boshimdan kechirmaganimda, ehtimol bunga ishonmagan bo'lardim, – deb yozadi u. – Markaziy Osiyoning bepoyon dashtlari bo‘ylab poyezdda O‘zbekiston hududiga borganimda, vagon vitrinasida biz qanday tezlikda – soatiga 230 km tezlikda ketayotganimizni ko'rib hayron bo'lganimni bir tasavvur qiling. Voy-buy! Men hayratdan yig'lab yubordim”.

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yagona

Jurnalist sayohati davomida nafaqat mamlakatning betakror manzaralari, balki o'zi ketayotgan poyezd ham uni hayratda qoldirganini urg‘ulagan.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda tezyurar poyezdlar qatnovi yo'lga qo‘yilgan yagona davlat bo'lib, bunday kommunikatsiya infratuzilmasiga ega dunyodagi 20 ta mamlakatdan biridir, – deya davom etadi muallif. - Polsha italiyaliklardan “Pendolino” tezyurar poyezdlarini, O‘zbekiston esa Ispaniyaning “Talgo 250” poyezdlarini xarid qilgan. Ikkala poyezdning tashqi ko‘rinishidagi eng katta farq shundaki, italyan lokomotivi yengilroq, soddalashtirilgan shaklga ega. Biroq, ispan lokomotivi esa yanada chiroyli ko‘rinadi.

Ikki bararavarga kamayadigan vaqt 

Jurnalistning yozishicha, ayni paytda O‘zbekistonda ikkita tezyurar liniya ishlamoqda. Ikkalasi ham Toshkentdan boshlanib, Jizzax orqali Samarqandga boradi. Bundan tashqari, Navoiy orqali Buxoroga, ikkinchisi esa Qarshi orqali Kitobgacha cho‘zilgan. Modernizatsiya va elektrlashtirish ishlari yakunlangach, Buxoro-Urganch-Xiva yo'nalishida ham tezyurar poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi, bu esa Toshkentdan Xivagacha bo‘lgan yo‘l vaqtini ikki baravar – 7 soatga qisqartirishi kutilmoqda.

“Afrosiyob”ning Polsha tezyurar poyezdidan farqi

Nashrda ma’lum qilinishicha, ayni paytda O‘zbekistonda 6 ta tezyurar poyezd harakatlanmoqda. Ularning har biri 294 yo‘lovchiga mo‘ljallangan 11 ta vagondan iborat.

“Afrosiyob poyezdlarining “Pendolino” poyezdlaridan farqi shundaki, O‘zbekiston poyezdida VIP toifadagi vagonlar mavjud. Ular qulay charm o‘rindiqlar va stollar bilan jihozlangan”, – deya tasvirlagan u. – Tezyurar poyezdlarda sayohat qilish juda qulayligi, chiptalar narxining yuqori bo'lishiga qaramay, ular juda mashhur ekanligini anglatadi. Ba’zan chiptalarni oldindan sotib olish ham qiyinlashadi”.

Yeji Nemotsinski o‘z xulosasida, O'zbekiston tezyurar temir yo'llari Polshadagiga qaraganda ancha yaxshi ekanini ta'kidlagan.