$
 12736.48
-21.17
 14193.53
-74.63
 137.60
-0.45
weather
+26
Кечаси   +14°

Yapon jamoatchiligida O‘zbekistonga sayohat qilishga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda

yapon

Tokio shahrida O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev va Yaponiyaning Sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasi (JATA) direktorlar kengashi raisi Hiroyuki Takahashi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonga qiziqish bildirayotgan yapon sayyohlari

Uchrashuv davomida davlatlar o‘rtasida sayyohlik oqimini oshirish va turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

H. Takahashi Yaponiyadan O‘zbekistonga sayyohlar oqimining o‘sishini va yapon jamoatchiligining mamlakatimizni ziyorat qilishga bo‘lgan qiziqishining ortib borayotganini ta’kidladi.

Yapon sayyohlarining katta guruhlari O‘zbekistonga yuboriladi

Muzokaralar natijasida yapon turizm kompaniyalari bilan hamkorlikda O‘zbekistonga yapon sayyohlarining katta guruhlarini yuborishni, PR-kampaniyalar o‘tkazishni va Yaponiyaning eng yirik OAV va turistik kompaniyalar vakillari uchun O‘zbekistonda press va info turlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Malumot uchun, O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan yapon sayyohlari 2023-yilda 2022-yilga nisbatan 4 barobarga oshgan edi.