$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Marg‘ilonda 5,6 milliard so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlagan tadbirkorlarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

tabiiy gaz

Bosh prokuratura tomonidan Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika va hududiy shtablar tomonidan energiya resurslarni talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

5 milliard 604 millionlik tabiiy gaz o‘g‘irlangan

Xususan, Marg‘ilon shahri “Kichik sanoat zonasi” hududidagi noturar joyda fuqaro T.M. va boshqalar oldindan jinoiy til biriktirib, noqonuniy ohak ishlab chiqarish sexi tashkil qilib, qo‘lbola gaz qurilmalarini (gorelka) o‘zboshimchalik bilan yer ostidan o‘tgan o‘rta bosimli gaz quvuriga yashirish ravishda ulab, 5 mlrd. 604 mln. so‘mlik 2 mln. 155 ming kub metr tabiiy gazni o‘g‘irlagan.

Fuqarolarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar T.M., K.M. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan.

Ogohlantirish

Shuningdek, Bosh prokuratura tadbirkorlarni energiya resurslaridan qonuniy va oqilona foydalanishga chaqirdi. Tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash bo‘yicha kuchaytirilgan reydlar davom etmoqda. Qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari fosh etilib, muqarrar jazo choralari qo‘llanilishi eslatib o‘tildi.