$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati shahar va tuman hokimlarini ogohlantirdi

president

Prezident ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda qayd etilishiga ko‘ra, Toshkent viloyati qulay geografik makonda joylashgan bo‘lishiga qaramasdan, viloyat hududlari yetarlicha rivojlanmagan. Xususan, Toshkent, Zangiota, Qibray, Yuqori Chirchiq, O‘rta Chirchiq tumanlarida sanoat va qurilish sohalari hajmi kam. Bekobod va Yangiyo‘l shaharlarida ishlab chiqarish kamaygan. 

Imkoniyatlardan to'liq foydalanilmayapti

Yig'ilishda Toshkent viloyatida 15 ta tuman va 7 ta shahar mavjudligi, hudud qulay geografik makonda, voha va vodiy viloyatlarini poytaxtimiz bilan bog‘laydigan muhim transport yo‘lagida joylashganligi, lekin viloyatning iqtisodiy rivoji mavjud salohiyatga umuman mos emasligi, shunungdek, na savdo, na yer-suv, na transport-tranzit imkoniyatlaridan to‘la foydalanilmayotgani tanqid qilindi. Ba’zi ko‘rsatkichlar bunday qulayliklar bo‘lmagan ayrim chekka hududlardagidan ham pastligi ta'kidlandi.

Viloyat poytaxtdan ortda qoib ketyapti

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda ishga solinmayotgan imkoniyatlar, bu boradagi sustkashliklar ko‘rsatilib, poytaxt jadal rivojlanayotgani holda uning yonidagi viloyat hududlari bu sur’atdan ortda qolyotgani, masalan, Toshkent, Zangiota, Qibray, Yuqori Chirchiq, O‘rta Chirchiq tumanlarida sanoat hajmi yondosh poytaxt tumanlariga nisbatan bir necha barobar kam ekanligi hamda qurilish sohasida ham ahvol shu ekanligi ochiqlangan.

Ishlab chiqarish hajmi kamaygan

Ma'lum bo'lishicha, bir qator kichik tadbirkorlar faoliyatini to‘xtatgan. 29 ta yirik korxonada hamda Bekobod va Yangiyo‘l shaharlarida ishlab chiqarish kamaygan. Viloyatda ekin yerlari ko‘p bo‘la turib, Andijon bilan deyarli bir xil hajmda mahsulot yetishtirilgan. Hududlarning bor salohiyati daromadga aylanmayapti. Sababi, “o‘sish nuqtalari”ni topish va ishga solish bo‘yicha hokimlarda tashabbus yetishmayapti. Ayrim hokimlar hatto o‘z hududida “pastga tushmagan”, tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash, ish o‘rinlarini ko‘paytirishga harakat qilmagan.

O‘sish nuqtalari” taqdimoti

Bundan tashqari, yig‘ilishda viloyatdagi shahar va tumanlar mutasaddilari o‘z faoliyatida o‘zgarish qilmasa, lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan. Davlat tomonidan ular uchun barcha imkoniyatlar yaratilganligigs qaramay, hamma tumanlarda ham rivojlanish bir xil emasligi, xususan, Parkent, Yangiyo‘l, Chinoz va Oqqo‘rg‘on tumanlarida turizm, tranzit va iqtisodiy qulayliklar ko‘p bo‘lsa-da, taraqqiyotdan orqada qolgani aytilgan. Shu bois, Prezident topshirig‘iga muvofiq, ulardagi haqiqiy holat, imkoniyatlar va tadbirkorlarning takliflari o‘rganilgan. Yig‘ilishda shu boradagi tahlillar, mazkur tumanlarning “o‘sish nuqtalari” taqdimot qilingan.