$
 12805.09
-10.04
 13889.68
-8.33
 133.10
-0.1
weather
+26
Кечаси   +14°

Ijtimoiy tarmoqlarda viloyatliklarni haqorat qilgan qiz ozodlikka chiqdi

viloyatliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda 21 yoshli R.N. viloyatliklarni haqoratlagani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo'lgan edi.

Mazkur videodan so'ng, qiz Ichki ishlar bo‘limiga olib kelingan va unga nisbatan 3-iyun kuni sud majlisi o‘tkazilgan.

 Sud hukmiga ko‘ra, qiz Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilgan va unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan edi. 

Tugʻilgan kunini qamoqda oʻtkazgan

Shuningdek, undan qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar uchun 765 ming so‘m undirish belgilangan. Qiz sud qarori ustidan apellyatsiya bermagan. U tug‘ilgan kunini qamoqda o‘tkazgan.

Qilmishidan pushaymon

 U qilgan ishi uchun barchadan kechirim so‘rab, boshqa haqoratlamasligini bildirgan:

"Tanishim bilan aylangani chiqqan edik. Odam juda ko‘p bo‘lgani sababli kayfiyatimiz buzildi. Tirbandliklar ko‘pligi tufayli jahlim chiqib, jahl ustida gapirdim. Ortiqcha gapirib qo‘ydim. Tanishim telefon qilib, videom tarmoqlarda tarqalayotganini aytdi. Keyin jonli efir qildim. Jonli efirda ham hamma negativ yoza boshladi. Uzr so‘ramadim. Negativ yozishgani uchun jahlim chiqib, yana haqoratli gaplar gapirib qo‘ydim. Boshqa unday qilmayman. Viloyatliklarni ajratib, unaqa maʼnoda gapirmaganman. Odam ko‘pligi uchun jahl ustida haqoratli so‘zlar bilan gapirganman. Hammadan kechirim so‘rayman, — degan edi qiz.

Otasiga koʻra, ular ham viloyatlik

Qizning otasi farzandining qilmishi yoshlikdagi xatolik ekanini aytib, qizining aksariyat tanishlari ham viloyatliklar ekanini, qolaversa, o‘zi va ayoli ham viloyatdan ekanini aytgan edi.

Теги :
Жамият