$
 11897.90
51.33
€
 13336.36
95.45
₽
 140.18
1.23
weather
+26
Кечаси   +14°

“AQShni tark eting va 3 ming dollar oling”: AQSh hukumati migrant bolalarga pul taklif qilmoqda

AQSh hukumati 5 yoshdan boshlab voyaga yetmagan migrantlarga mamlakatni ixtiyoriy ravishda tark etish evaziga 3 ming dollar miqdorida to‘lov taklif qilmoqda. Ayrim hollarda bu haqda bolalarga ularning qonuniy vakillari ishtirokisiz ma’lum qilinmoqda.

Bu haqda Bloomberg Law advokatlar va huquq himoyasi tashkilotlariga tayanib xabar berdi, deb yozadi TASS.

Bolalarga ota-onalarisiz pul taklif qilinmoqda

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, to‘lov haqidagi takliflarni AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) vakillari bildirmoqda yoki bu imkoniyat haqida bolalarga immigratsiya ishlari bo‘yicha sudyalar ma’lum qilmoqda.

Ayrim hollarda bolalarga pul olish imkoniyati qonuniy vakillarisiz tushuntiriladi. Shu bilan birga, to‘lov bir martalik taklif sifatida taqdim etilib, qaror qabul qilish uchun ularga yetarli vaqt berilmaydi.

Avvalroq pul 14 yoshdan oshgan o‘smirlarga taklif qilingan

2025-yilda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati 14 yoshdan boshlab voyaga yetmagan migrantlarga mamlakatni tark etish evaziga 2,5 ming dollardan taklif qila boshlagan.

Bloomberg Law ma’lumotlariga ko‘ra, endilikda shunga o‘xshash amaliyot yanada kichik yoshdagi bolalarga ham tatbiq etilmoqda.

Nashr qayd etishicha, dastur ko‘lamining kengayishi AQSh hukumati voyaga yetmagan migrantlarga oid immigratsiya ishlarini tezroq ko‘rib chiqish va deportatsiyalar sonini oshirishga intilayotganidan dalolat berishi mumkin.