$
 11897.90
51.33
€
 13336.36
95.45
₽
 140.18
1.23
weather
+26
Кечаси   +14°

MKBANK 10 nafar talabaning kontrakt to‘lovlarini qoplashga ko‘maklashadi

mkbank

Mikrokreditbank va Toshkent Kimyo xalqaro universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Kelishuvga ko‘ra, tanlov asosida saralangan 10 nafar talabaga kontrakt to‘lovlarini qoplash uchun moliyaviy yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, yoshlar bankda amaliyot o‘tash va kelgusida ishga joylashish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.

10 nafar talabaga moliyaviy yordam ajratiladi

Hamkorlik memorandumi iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash hamda bank-moliya sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan.

Kelishuv doirasida Toshkent Kimyo xalqaro universitetining 10 nafar talabasi tanlov asosida saralanadi. Ularga o‘qishdagi akademik natijalaridan kelib chiqib, kontrakt to‘lovlarini qoplash uchun moliyaviy ko‘mak ajratiladi.

Talabalar MKBANKda amaliyot o‘tashi mumkin

Bundan tashqari, hamkorlik talabalarga o‘qish davridayoq bank tizimidagi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. Xususan, ular MKBANKda amaliyot va stajirovka o‘tashi, olgan bilimlarini real ish muhitida sinab ko‘rishi mumkin.

Amaliyot davomida o‘z bilimi va salohiyatini namoyon etgan istiqbolli yoshlar kelgusida bank tizimida ishlash uchun taklif etilishi ham ko‘zda tutilgan.

Hamkorlik yoshlarning kasbiy rivojlanishiga qaratilgan

Mazkur tashabbus orqali talabalarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bilan birga, ularning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish ham maqsad qilingan.

Hamkorlik universitetda tahsil olayotgan yoshlarning mehnat bozoriga tayyorlanishi, bank-moliya sohasida dastlabki tajribaga ega bo‘lishi va kelajakdagi faoliyatini rejalashtirishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Reklama huquqlari asosida