$
 12805.09
-10.04
 13889.68
-8.33
 133.10
-0.1
weather
+26
Кечаси   +14°

Viloyatliklarni haqorat qilgan "hurliqo" qamaldi

regional

 Ijtimoiy tarmoqlarda bir qizning viloyatliklarni "mol", "isqirt" kabi soʻzlar bilan haqoratlagan videosi tarqaldi. Holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB xodimlari tomonidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilgan.

Viloyatliklarni haqorat qilgan qizga nisbatan maʼmuriy ish qoʻzgʻatilgan

Ijtimoiy tarmoqlarda viloyatliklarni haqorat qilgan qiz videosi tarqaldi. Ma'lum qilishicha, unga nisbatan ma'muriy ish qoʻzgʻatilgan.

Manbaga koʻra, Yashnobod tumanida yashovchi, 2003-yilda tugʻilgan R.N. 2024-yilning 2-iyun kuni tanishlari bilan Yakkasaroy tumanida joylashgan “Seoul Mun” dam olish maskaniga borib, oʻzini tasvirga olgan holda hech bir sababsiz viloyatliklarni haqorat qilgan. Soʻngra u videoni oʻzining Instagram’dagi sahifasiga joylashtirgan.

Vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirildi

Qayd etilishicha, holat yuzasidan, Yakkasaroy tumani IIO FMB xodimlari tomonidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilgan.

R.N.ning sodir etgan xatti-harakatlari yuzasidan Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddalari bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan. Shuningdek, u Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 286-moddasi tartibida qamoqqa olinib, vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

Dunyodagi hech qaysi shahar faqat shu shaharda tug’ilganlar uchun yaratilmagan

Troll.uz nashri bu kabi holatlarga oʻz fikrini bildirdi:

"Viloyatlarda hayot juda zo’r bo’lganidan poytaxtga ko’chib kelmaydi hech kim. Axir oddiy suv, elektr energiya va gaz muammo. Oliygohlarning 90% poytaxtda, yangi (zamonaviy) ish o’rinlarining aksariyati poytaxtda… asosiy e’tibor poytaxtda bo’lsa, albatta ko’pchilik poytaxt tomon intiladi", - deyiladi xabarda.

"Ayb odamlarda emas, tashkilotchilarda"

Xabarda Oʻzbekiston prezidentlarining qayerdan ekanligiga ham toʻxtalib oʻtdi:

Aytib o’tganimdek, ayb odamlarda emas, tashkilotchilarda.

Keyinchalik yana kimnidir viloyatdan kelganligida ayblamoqchi bo’lsangizlar, birinchi prezident ham, hozirgi prezident ham, hatto Toshkent bugungi ko’rinishiga asosiy hissasini qo’shgan Sharof Rashidov ham qayerda tug’ilganini inobatga olinglar.

Tog’ri, juda ahmoqoma argument, lekin mahalliychilik kabi ahmoqona dunyoqarashga ega insonlarga mos argument.

Теги :
Жамият