$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Davlat rahbarining “yetim” topshirig‘i

Shavkat Mirziyoyev

Prezidentimiz har hafta yangi qonun va o‘zgarishlar yuzasidan turlicha farmoyishlar beradi. Ammo bir farmon 6 yildan buyon ijrosiz, “ko‘chada qolgan”. 

O‘zbekistonda 6-yildan beri Aholi sog‘lig‘ini saqlash kodeksini ishlab chiqish muammoligicha qolmoqda. Afsuski, oxirgi yillarda mintaqamizdagi bo‘layotgan cho‘llanish va ekobuzulishlar ham bu topshiriqni joyidan qo‘zg‘ata olmayapti. 

Birinchi harakat

Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi PF-5590-son Farmoni 2-ilovasining 7-bandida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash kodeksi loyihasini ishlab chiqish belgilangan edi. Ammo topshiriq bajarilmay qolib ketgan.

Ikkinchi urinish

Oradan 4-yil o‘tib, 2022-yilning 24-martida yana “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan “ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F–33-sonli farmoyish bilan “O‘zbekiston Respublikasining Aholi sog‘lig‘ini saqlash kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish belgilandi. Ming afsuslar bo‘lsinki, yana topshiriq bajarilmadi.

Uchinchi harakat

Navbatdagi urinish esa oradan bir yil o‘tib amalga oshirildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PQ-197-son qarori 5-ilovasining 3-bandida Sog‘liqni saqlash vazirligiga 2024-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasining Aholi sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi kodeksi loyihasini ishlab chiqib, Hukumatga kiritish yuklatildi. Qiziqarlisi, oxirgi topshiriqni bajarish muddati yakunlanganiga 3 oy bo‘lgan bo‘lsa ham, kodeks loyihasi Hukumatga kiritilmay qolib ketmoqda. Ma’lumot uchun, Adliya vazirligi o‘tgan yilning noyabr oyida ushbu loyihani e’tirozlar bilan qaytarib yuborgan va barcha ishlar shu taxlit to‘xtagan.