$
 12805.09
-10.04
 13889.68
-8.33
 133.10
-0.1
weather
+26
Кечаси   +14°

Ruxsatnomasiz “tonirovka”li avtomobilni boshqarganlik uchun jarima kamaytirilishi mumkin

Tonirovka

Strategik islohotlar agentligi tomonidan ma’muriy choralar va ularning sodir etilgan huquqbuzarlikka mutanosibligi o‘rganilib, bugungi kunda ma’muriy jarimalar miqdorini belgilash mexanizmlarining yo‘qligi sodir etilgan huquqbuzarlikka nomutanosib bo‘lgan jarima solinishiga sabab bo‘layotgani aniqlangan. Agentlik axborotida qayd etilishicha, ushbu yo‘nalish tartibga solinmaganligi bois manfaatdor davlat organlari tomonidan jarimalar miqdorini qayta ko‘rib chiqishga doir qonun loyihalarini tashabbuskorlik bilan ishlab chiqish holatlari ko‘payib ketgan.

O‘zgarishsiz qolgan jarima

Avtomobil oynalarini ruxsatnomasiz qoraytirganlik uchun nazarda tutilgan 8,5 mln. so‘mlik jarima belgilanganda, ruxsatnomaning narxi 11-13 mln. so‘m bo‘lgan. Bugungi kunda ruxsatnoma 2,7 mln. so‘m etib belgilangan, ammo jarima miqdori esa o‘zgarishsiz qolmoqda. Taqqoslash uchun, Qozog‘istonda avtomobil oynasini qoraytirganlik uchun o‘rnatilgan jarima 468 ming so‘mni, Rossiyada – 60 ming, Belarusda – 138 ming so‘mni tashkil qiladi. "Fuqarolarning sog‘lig‘i va hayoti xavfsizligi bilan bog‘liq qoidabuzarliklar avtomobil oynalarini ruxsatnomasiz qoraytirish uchun belgilangan jarimalardan ustuvorlik jihatidan muhimroq hisoblanadi", deyiladi agentlik xabarida.