$
 12938.01
22.94
 14673.00
13.1
 158.73
2.3
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi 8 mlrd dollarga baholandi

Temiryo

Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi 8 mlrd dollarga baholandi. Ushbu ma'lumotni Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Japarov Agrosanoat forumida aytib o‘tgan.

 Tayyorgarlik ishlari yakunlangan

Qayd etilishicha, bu miqdor dastlabki hisob-kitoblardan keyingisi hisoblanadi. Qirg‘iziston, Xitoy va O‘zbekiston temir yo‘l qurilishini boshlashga tayyorgarlik ko‘rish ishlarini yakunladi. Ishlar joriy yilda boshlanishi kutilmoqda. Hozirda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari yangilanmoqda.

Loyiha hujjati

O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy temir yo‘li qurilishi loyihasi bo‘yicha uch davlat o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim 2022-yil sentyabr oyida Samarqandda imzolangan edi. Hujjatda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini o‘tgan yilning birinchi yarmida tayyorlash ko‘zda tutilgan. 2023-yil dekabr oyida XXR mutaxassislari yangi temir yo‘l yo‘nalishida dala ishlarini yakunladilar.