$
 12129.01
37.79
 13968.98
124.53
 147.99
-1.17
weather
+26
Кечаси   +14°

Respublika bo‘ylab teatrlarda bepul namoyishlar bo‘lib o‘tadi

teatr

21−27-mart kunlari Xalqaro teatr kuni munosabati bilan O‘zbekistondagi barcha davlat teatrlarida “Teatr tomoshalari haftaligi”ga boshlanmoqda. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Taklifnomalar soni cheklangan

Aytilishicha, “Teatr tomoshalari haftaligi” davomida teatrga tashrif buyuruvchilar uchun turli spektakllar va ijodiy uchrashuvlar rejalashtirilgan. Spektakllar mutlaqo bepul namoyish etiladi.

Teatrga kirish uchun taklifnoma talab etiladi, ularni teatr kassalaridan olish mumkin, taklifnomalar soni cheklangan.

Barcha davlat teatrlarida namoyish etiladigan spektakllar: 

Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri

– 22-mart, yakshanba kuni soat 12:00, 14:00, 16:00 da teatr yetakchi opera solistlari ishtirokida konsert dasturi;

– 23-mart, dushanba kuni soat 12:00, 14:00, 16:00 da teatr yetakchi opera solistlari ishtirokida konsert dasturi;

– 24-mart, seshanba kuni soat 12:00 da teatr yetakchi opera solistlari ishtirokida konsert dasturi;

– 25-mart, chorshanba kuni soat 12:00, 14:00 da teatr yetakchi opera solistlari ishtirokida konsert dasturi, 19:00 da “Kumush” operasi.

– 26-mart, payshanba kuni soat 12:00, 14:00, 16:00 da teatr yetakchi opera solistlari ishtirokida konsert dasturi;

– 27-mart, juma kuni soat 12:00, 14:00, 16:00 da teatr yetakchi opera solistlari ishtirokida konsert dasturi.

O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri

– 21-mart, shanba kuni soat 17:00 da “Toshkent bahori” — teatrlashgan-musiqiy kompozitsiya;

– 22-mart, yakshanba kuni soat 17:00 da “Tanlov” — tragikomediya — premyera;

– 24-mart, seshanba kuni soat 17:00 da “Tanlov” — tragikomediya — premyera;

– 25-mart, chorshanba kuni soat 17:00 da — “Vaqt degani bir vagon” — komediya;

– 26-mart, payshanba kuni soat 17:00 da “Azizim mening”;

– 27-mart, juma kuni soat 17:00 da “Toshkent bahori” — teatrlashgan-musiqiy kompozitsiya.

O‘zbekiston Milliy akademik drama teatri

– 21-mart, shanba kuni soat 18:00 da “Ikki daho”;

– 22-mart, yakshanba kuni soat 18:00 da “O‘tkan kunlar”;

– 24-mart, seshanba kuni 18:00 da “Sadoqat bilan”;

– 25-mart, chorshanba kuni soat 18:00 da “Shaddod ona”;

– 26-mart, payshanba kuni soat 18:00 da “Usmon Nosir”;

– 27-mart, juma kuni soat 18:00 da “Jaloliddin Manguberdi”.

Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri 

– 21-mart, shanba kuni soat 18:00 da “Qaynona”;

– 22-mart, yakshanba kuni soat 18:00 da “Kuyovning omonati”;

– 23-mart, dushanba kuni soat 18:00 da “Halima”;

– 25-mart, chorshanba kuni soat 18:00 da “Baxshi”;

– 26-mart, payshanba kuni soat 18:00 da “Qaytar dunyo”;

– 27-mart, juma kuni soat 18:00 da “Otabek va Kumushbibi”.

O‘zbekiston davlat Drama teatri

– 21-mart, shanba kuni soat 17:00 da “Yillar armoni”;

– 22-mart, yakshanba kuni soat 17:00 da “Ufq”;

– 24-mart, seshanba kuni soat 17:00 da “Dala sayli”;

– 25-mart, chorshanba kuni soat 17:00 da “Yarim tundagi o‘g‘rilik”;

– 26-mart, payshanba kuni soat 17:00 da “Senga intizorman”;

– 27-mart, juma kuni soat 17:00 da “Xasis”.

Теги :
Jamiyat