$
 12012.21
7.46
 13731.16
39.74
 158.14
1.03
weather
+26
Кечаси   +14°

Hukumatda yirik kadrlar almashinuvi: Kim qaysi lavozimga tayinlandi?

tayinlov

O‘zbekistonda bir qator muhim lavozimlarda yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Prezident Administratsiyasi, Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Madaniyat vazirligida rahbarlar almashdi. Ayrim lavozimlar tugatildi, ayrimlariga esa yangi mutaxassislar tayinlandi.

Xo‘sh, kimlar qanday lavozimlarni egalladi?

Strategik rivojlanish tizimida muhim o‘zgarishlar bo‘ldi

Prezident farmoni bilan Sardor Umurzakov Prezident huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u Prezidentning strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi. Yangi qarorga ko‘ra, Prezidentning strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimi endilikda butunlay tugatildi. Agentlik direktorining vazifasini vaqtincha bajarib kelgan Abdulla Abduqodirov esa boshqa ishga o‘tgani sabab lavozimidan ozod qilindi.

Shuningdek, Muzaffar Kamilov Prezidentning diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi. Bungacha u Prezident Administratsiyasining Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamentiga rahbarlik qilib kelayotgan edi va yangi tayinlov munosabati bilan ushbu lavozimini topshirdi.

Prezident vakili lavozimida yangi rahbarlar ish boshladi

Dilnozaxon Kattaxonova Bosh vazirning o‘rinbosari hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi. U bungacha Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan. Mazkur tayinlov munosabati bilan u avvalgi lavozimini tark etdi. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga rahbarlik qilib kelgan Zulayxo Maxkamova esa boshqa ishga o‘tgani sabab lavozimidan ozod qilindi.

Shuningdek, Prezidentning madaniyat bo‘yicha vakili lavozimiga Hasan Salixov tayinlandi. U shu vaqtgacha Kreativ industriya parki direktori sifatida ishlab kelgan. Ushbu lavozimni egallab kelgan G‘iyosiddin Rejabov esa boshqa ishga o‘tgani sabab o‘z vazifasini topshirdi.

Madaniyat vazirligida rahbariyat deyarli to‘liq yangilandi

Prezidentning tegishli qarorlari bilan Madaniyat vazirligida ham qator yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Nodirbek Sayfullayev madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Jahongir Axmedov esa madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari bilan birga Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori lavozimini ham egalladi.

Shuningdek, Odiljon Abduqahorov va Sanjar Bobojonov madaniyat vazirining o‘rinbosarlari etib tayinlandi. Sanjar Bobojonov bungacha Prezidentning madaniyat bo‘yicha vakili bo‘linmasida bosh inspektor sifatida faoliyat yuritgan.

Shu bilan birga, Baxodir Axmedov va Avazxon Tajixanov madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan, Murodjon Majidov hamda Yusufjon Usmonov esa vazir o‘rinbosari lavozimidan boshqa ishga o‘tgani sabab ozod etildi.

Теги :
Jamiyat