$
 12920.48
-7.79
 13436.01
-26.2
 130.17
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

NASA Yupiterdagi to‘fonlar va gaz qatlamlarini yaqindan suratga oldi

Yupiter

Yaqinda NASA’ning Juno missiyasi Yupiterdagi to‘fonlarning va gaz qatlamlarining aniq va rangli tasvirlarini ommaga taqdim etdi. Bu kadrlar JunoCam kamerasi yordamida olingan bo‘lib, ularda sayyoraning janubiy qutb qismidagi shtormlar va to‘fonlar tiniqlik bilan ko‘rsatiladi.

Yupiter atmosferasini 3D formatda ko‘rish va o‘rganish mumkin

Ma’lum bo‘lishicha, Yupiterdagi siklon va antisiklonlar o‘lchami Yerdagi har qanday bo‘rondan ancha katta bo‘lib, ularning aylanishi sayyoraning unikal va murrakkab iqlim tizimini namoyon qiladi.

Xususan, missiyaning eng qiziqarli jihatlaridan biri — Yupiterning atmosferasini 3D formatda o‘rganish imkoniyati. Shu orqali olimlar sayyora ichki qatlamlaridagi dinamik jarayonlarni aniqlashyapti. 

Tadqiqot orqali kelajakda Yerning iqlim tizimini yaxshiroq tushunish imkoniyati ochiladi

Shuningdek, Juno apparati 2025-yil 15-sentyabrda o‘z missiyasini yakunlab, Yupiter atmosferasiga yo‘naltiriladi va u yerda yonish jarayoni sodir bo‘ladi. Bu, bir tomondan, Yupiterning tabiiy muhitini himoya qilish maqsadida amalga oshiriladi, chunki apparat osmon jismlaridagi organik materiallar bilan ifloslanish xavfini keltirib chiqarmasligi kerak.

Ushbu missiyaning natijalari nafaqat Yupiterni, balki umumiy qo‘shni sayyoralar tizimini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu nafaqat astronomiya sohasida yangi kashfiyotlarga yo‘l ochadi, balki Yerning iqlim tizimini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.