$
 12718.08
23.08
 13710.09
61.7
 137.82
-0.3
weather
+26
Кечаси   +14°

Jar yoqasidagi tizim: Mummo baholanuvchidami yo baholovchida?

O

e-maktab ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda o‘zbekistonlik o‘quvchilarning 88,7 foizi a’lo va yaxshi baholarga o‘qiydi, lekin Xalqaro baholash testlari natijasi buning mutlaqo aksini ko‘rsatmoqda. Tadqiqotga ko'ra, O‘zbekistonda o'quvchilar orasida a’lo baholarga o‘qiydiganlar ulushi eng yuqori bo‘lib, 52,3 foizni tashkil etadi. To‘rt bahoga o‘qiydiganlar 36,4 foizni, uch bahoga o‘qiydiganlar 10,3 foizni tashkil etadi. 

Hududlar kesimidagi farq

Hududlar kesimida a’lo baholarga o‘qiydigan o‘quvchilarning yuqori ulushi Andijon (59,4 foiz) va Navoiy (57,4 foiz) viloyatlarida kuzatilgan. Eng past baholarga o‘qiydigan o‘quvchilar ulushi esa Toshkent shahri (15,4 foiz), Farg‘ona (12,8 foiz), Sirdaryo (12,5 foiz) va Xorazm (12,4 foiz) viloyatlarida qayd etilgan. 

O'zlashtirish va g'alati paradoks

Matematika, texnologiya, o‘qish, chet tili, tabiiy fanlar va tasviriy san’at o‘quvchilarning o‘zlashtirishi qiyin bo‘layotgan, musiqa, jismoniy tarbiya, chizmachilik esa o‘zlashtirishi eng oson bo‘lgan predmetlardir. e-maktab ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda o‘zbekistonlik o‘quvchilarning 88,7 foizi a’lo va yaxshi baholarga o‘qiydi, lekin Xalqaro baholash testlari natijasi buning aksini ko‘rsatmoqda. Bu esa o‘z navbatida o‘qituvchilar o‘quvchilarning bilimini oshirib baholayotganidan va boshqa holatlar kuzatilishidan dalolat beradi. Ma’lumot uchun: 2021-yilda mamlakatimizda o‘tkazilgan xalqaro PIRLS testida mahalliy o‘quvchilar dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkich (500) dan past natija (437) olgan. 2022-yilda O‘zbekiston maktablarida 15 yoshli o‘quvchilar bilimini baholash bo‘yicha xalqaro dastur – PISA testlari natijasiga ko‘ra, o‘zbekistonlik o‘quvchilar 81 ta mamlakat orasida matematika bo‘yicha 72-o‘rinni, tabiiy fanlar va o‘qish savodxonligi yo‘nalishlarida eng oxiridan bitta oldingi o‘rinni (80-o‘rin) egallagan. Ya'ni, O‘zbekiston ilk marotaba PISA ta’lim sifatini baholash dasturida ishtirok etib, yakuniy reytingida mamlakatimiz eng oxiridan bitta oldingi o‘rinni egalladi. Bizdan ortda faqatgina Kambodja davlati qoldi.

Bu qanday imtihon dasturi?

Xalqaro talabalarni baholash dasturi (PISA) Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tashabbusi bo‘lib, dunyo bo‘ylab 15 yoshli o‘quvchilarning bilim olish darajasini o‘lchash uchun tashkil etilgan. Baholash ilk bor 2000-yilda o‘tkazilgan. Shundan buyon har uch yilda bir marta o‘quvchilarning bilim olish darajasi o‘lchanadi. Oxirgi yillarda PISA’ga ko‘plab Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a’zo bo‘lmagan davlatlar ham qo‘shilgan.

Eng boy o‘zbek eng qashshoq estondan ham “rasvoroq”

Qiziq tomoni shundaki, bizdagi hatto eng yuqori qatlam bolalari — shartli Estoniyadagi eng moliyaviy qiynalgan bolalardan ancha yomonroq natija ko‘rsatishmoqda. Aytish joizki, boyroq va kambag‘alroq qatlamdagi farq mavjud bo‘lishi bilan — juda kichik. Dunyoda, eng boy va eng kambag‘al o‘quvchilarni baholari orasida o‘rtacha farq — 93 ball bo‘lsa, bizda bu farq atigi — 22 ball. Hech qaysi davlatda bunday kichik farq yo‘q. “Hech kimda pul bo‘lmasa — hamma teng bo‘ladi”, degan anekdotdek bo‘libdi. Bizda bunday “tenglikni” sababi — hammada ball o‘ta pastligi. Masalan, o‘zbekistonlik bolalarni, deyarli, birortasi matematikada 5-darajadan yuqoriroq ball to‘plamagan. Qaytaraman, hatto, bir foiz bolalarimiz ham 5-darajaga chiqmagan (solishtirish uchun, Singapurdagi 41% o‘quvchilar 5 va 6-darajada ball to‘plashgan). Xuddi shunday, o‘qish qobiliyati sinovlarida ham, hatto bir foiz bolalarimiz ham 5-daraja yoki undan yuqoriga chiqa olishmagan. PISAga ko‘ra, o‘qish qobiliyatini 5-daraja yoki yuqoriroq deb, uzun matnlarni tushunish, mavhum yoki ziddiyatli tushunchalarni anglay olish va ma’lumotlarning mazmuni yoki manbasiga taalluqli yashirin belgilarga asoslanib, fakt va fikr o‘rtasidagi farqlarni o‘rnatishlik qobiliyatiga aytiladi. Qaytaraman, bir foiz 15 yoshli o‘quvchilarimiz ham bunday o‘qish savodxonligiga ega emaslar. Tabiiy ilm-fanlarda ham xuddi shunday ahvol.

Hamma birdek past

Demak, bizdagi o‘rtacha past ballarni sababi — kimdadir baland kimdadir o‘ta pastligi emas, deyarli, hammada o‘ta past bo‘lgani uchun o‘rtacha ballarimiz past. Lekin bu eng ayanchlisi emas. Menga juda xavotirli ko‘ringani, minimal (2-darajali) o‘qib matnni tushunadigan o‘quvchilar foizi — 14. Ha, to‘g‘ri o‘qidingiz, atigi 14 foiz 15-yoshli o‘quvchilar, “o‘rtacha uzunlikdagi matndagi asosiy g‘oyani aniqlay oladilar, ravshan aniqlangan lekin ba’zan murakkab kriteriylar asosida ma’lumot topa oladilar va agar ravshan qilib ko‘rsatilsa, matnning maqsadi va shakli haqida fikr yurita oladilar”. Bu degani, 86% o‘quvchilarimiz buni uddalay olishmaydi.", deb o‘z sahifasida yozib qoldiradi Behzod Hoshimov.

Теги :
Жамият