$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkentning qaysi hududida uy ijarasi arzonroq?

turarjoy uy

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi poytaxtdagi ijara narxlarining yangi raqamlarini ma’lum qildi.

Ijara bozorida pasayish

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining navbatdagi sharhida ma’lum qilinishicha, aprel oyida poytaxtning ijara bozori yana pasayish dinamikasini ko‘rsatdi. Xarid qilish faolligi 4,6 foizga kamayib, 1 kvadrat metr uy-joy narxi 8,3 dollarni tashkil etdi.

Tumanlar kesimida narxlar

Qayd etilishicha, poytaxtning Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara haqi yuqori shakllangan va har kvadrat metr uchun o‘rtacha ijara haqi 10,4 dollarni tashkil etadi.

Olmazor, Sergeli va Bektemir tumanlarida esa nisbatan arzon ijara uy-joylari saqlanib qolmoqda, bu hududlarda o‘rtacha ijara narxi har kvadrat metr uchun 6,3 dollarni tashkil etadi.

O‘tgan yilgi bilan qiyoslaganda

Markaz tahlillari o‘tgan yilning aprel oyiga nisbatan Toshkent shahrida ijara bozori 6,9 foizga qisqarganini ko‘rsatgan. Shunday qilib, narxlarning eng ko‘p pasaygan hududlar Yashnobod (11,6 foiz), Yakkasaroy (11,1 foiz) va Shayxontohur (10,5 foiz) tumanlari bo‘lgan.


Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot