$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

“Dok-1 Maks”dan jabrlanganlar puli 3 yil ichida to‘lab beriladi

d 5 13

“Jo‘rabek laboratories” rahbari “Dok-1 Maks”dan jabrlanganlarga 75 milliard so‘mni 3 yil ichida to‘lab berishini, evaziga esa Farmatsevtika tarmoqlarini rivojlantirish agentligi sobiq rahbari Sardor Kariyev ozodlikka chiqarilishi kerakligini aytdi.

Ayblanuvchining onasi murojaat qildi

“Jo‘rabek laboratories”ning sobiq rahbari va asoschisi Sardor Kariyevning onasi Munira Kariyeva ushbu murojaat bilan Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga chiqdi. U korxona sud tomonidan belgilangan 75 milliard 756 million so‘mni to‘lashini, evaziga esa o‘g‘lining ozod qilinishini so‘radi. Sardor Kariyev ayni paytda kamida 68 bolaning o‘limiga va 16 nafar bolaning nogiron bo‘lishiga aybdor deb topilmoqda.

“Sud hukmini jabrlanganlarga undirib beraman”

“Men zararli dorilar ta’siridan bolalari vafot etib, jabrlangan ota-onalarning og‘riqli yaralariga biroz bo‘lsa-da malham bo‘lishi uchun hamda o‘g‘lim S. Kariyevning qismatini yengillatishga erishish uchun hozirda o‘zim rahbarlik qilayotgan “Jo‘rabek laboratories” MCHJning iqtisodiy salohiyatini aynan sud hukmida jabrlangan ota-onalarga undirib berilishi belgilangan ma’naviy zararlarni to‘lab berishga yo‘naltirmoqchiman”, — deydi ona sudga yozgan arizasida.

3 yilda bo‘lab to‘lashni so‘rashmoqda

Munira Kariyeva “Jo‘rabek laboratories” imkoniyatlari haqida aytib, pulni to‘lash uchun muhlat so‘radi. “Hozirgi kunda “Jo‘rabek laboratories” MCHJda 2000 nafardan ortiq odam ishlashi, har birining oilasining rizqi ham shu korxona faoliyati bilan chambarchas bog‘liqligini inobatga olgan holda, shuningdek, ilgari chetdan qimmat narxlarda import qilinadigan ko‘pgina dori vositalarini mahalliylashtirib, o‘zimizda ishlab chiqarilishi bilan bog‘liq jarayonda ham “Jo‘rabek laboratories” MCHJ yetakchilik qilyotganligini” aytib, u buncha pulni birdaniga olishga haqqi yo‘qligini bildirdi va o‘zi 3 yil mobaynida bo‘lib to‘lashini so‘radi.

Ayol jazoni yengillashtirishni iltimos qilmoqda

Ayni paytda Sardor Kariyevga sud 18 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini qo‘llagan. Uning onasi esa pulni to‘lashini, evaziga esa jazoni yengillashtirib, Jinoyat kodeksining 57-moddasi asosida uni ozod qilishlarini suddan iltimos qildi.

68 nafar bolani narigi dunyoga “jo‘natgan”larning hukmi

“Dok-1 Maks” tufayli 68 bolaning o‘limi ayni paytda qayd etilgan. Ushbu ish yuzasidan 7 nafar sudlanuvchi ozodlikdan mahrum etilib, 14 nafarining ozodligi cheklandi, bir nafari axloq tuzatish koloniyalariga yuborildi, yana biri esa 17 million jarimaga tortildi. 68 nafar bolaning vakillari 1 milliard so‘mdan, 16 nafar nogiron va kasal bo‘lib qolganlarning vakillari esa 500 va 200 million so‘mdan kompensatsiya undirishi sud tomonidan belgilangan.