$
 12694.97
40.84
 14878.50
60.51
 161.60
0.42
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

O‘zbekiston jamoalarida yosh futbolchilarga qanchalik imkoniyat beriladi?

Yoshlar futboli

O‘zbekistonda yoshlar futboliga bo‘lgan e’tibor yildan yilga ortmoqda. Qiziq, eng muhim pallada yosh iqtidorlarga rostdan ham imkon berilyaptimi? Jurnalist Nikolay Yegorichev o‘zining Telegram’dagi sahifasida joriy mavsum Superliga top klublarida o‘ynagan yosh o‘yinchilarning sonini tahlil qildi.

Qozog‘iston va O‘zbekiston o'rtasidagi solishtiruv

Jurnalist Nikolay Yegorichev mavzuga kirishdan avval kecha Qozog‘iston Primer Ligasidagi  “Qayrat” jamoasining chempionga aylanganini esladi. “Qayrat” so‘nggi ikki yilda yosh jamoa sifatida ko‘zga tashlanmoqda. Anchagina kuchli raqobat sharoitida (“Astana”, “Ordabasi”, “Aktobe”, “Tobol”) ushbu chempionlik aqlbovar qilmasdek ko‘rinadi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, jamoaning o‘rtacha yoshi 25,4-yilni tashkil etadi, ular bu borada QPLda eng yosh ko‘rsatkichga ega. Ammo “Qayrat” tarkibida ko‘plab tajribali va yoshi katta o‘yinchilar ham mavjud. Masalan, Aleksandr Martinovich (37 yosh) va Joau Paulo (36 yosh). “Shaxsan o‘zim joriy mavsum “Qayrat”ning yosh o‘yinchilari (23 yoshgacha bo‘lgan) necha daqiqa o‘ynashganini hisoblashga qaror qildim. 11 futbolchiga 7447 daqiqa to‘g‘ri keldi (umumiy o‘yin vaqtidan 28,9 foiz). Faqatgina mavsumda 90 daqiqadan ortiq o‘ynaganlarni hisobladim. Har bir o‘yinchiga o‘rtacha 677 daqiqadan to‘g‘ri keldi (yoki 7,5 o‘yindan). Unchalik ko‘p emas. Shu sabab ushbu yil Superliganing top klublarida necha nafar yosh o‘yinchilar harakat qilgani va ular tomonidan o‘ynalgan daqiqalarni hisoblashga qaror qildim”, — deb yozadi u.

 “Paxtakor” 

Poytaxt jamoasi safida 15 o‘yinchi, 10042 daqiqa (umumiy o‘yin vaqtidan 42,3%) maydonda harakat qilgan. Bular: Muhammadali Usmonov (516), Saidumarxon Saidnurullayev (145), Muhammadrasul Abdumajidov (1397), Kimi Merk (238), Behruz Asqarov (863), Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (526), Diyor Ortiqboyev (847), Mahmud Maxamadjonov (412), Diyor Xolmatov (1292), Vladimir Nazarov (900), Abdurauf Buriyev (713), Otabek Jo‘raqo‘ziyev (240), Muhammadqodir Hamraliyev (1350), Ulug‘bek Hoshimov (445), Ibrohim Ibragimov (158).

 “So‘g‘diyona” 

Jizzax viloyatining bosh jamoasi bu safargi mamlakat chempionati o‘yinlarida 10 o‘yinchiga 7404 daqiqa (31,2%) taqdim etdi. Bu, albatta, jamoa bosh murabbiyi bilan ham bevosita bog‘liq. Ivan Boshkovich “Bunyodkor” safida ham ko‘plab yosh iqtidorlarni kashf qilib bergandi. So‘g‘diyona tarkibida imkon berilgan o‘yinchilar quyidagilar: Sardor Xoshimov (195), Muxammadyusuf Sobirov (450), Otabek Ahadov (1390), Nodir Soyibov (1576), Samandar Mavlonkulov (1242), Samandar Sindarov (370), Xondamir Mustafoqulov (1410), Umid Sultonov (367), Muhammadsafo Fozilov (296), Mirjalol Abdumutalov (108). 

 “Nasaf” 

Odatda yoshlarga imkon berishi va ularni kashf qilishi bilan tanilgan chempionlar bu galgi mavsum asosan tajribaga tayanishdi. Qarshiliklar 4 o‘yinchiga umumiy hisobda 4425 daqiqa (18,6%) tuhfa etgan. Bular: Zafarmurod Abdirahmatov (811), Alibek Davronov (405), Murodbek Rahmatov (1049), Abduvohid Ne’matov (2160).

OKMK 

Konchilar bu mavsum har yilgidan farqli 7 o‘yinchiga 3411 daqiqani (14,4%) taqdim etdi. Ular quyidagilar: Nodir Abdurazzoqov (937), Ali Abdurahmonov (263), Aziz Xolmurodov (898), Abror Sarimsoqov (339), Saidafzalxon Ahrorov (408), Azizbek Baxromov (257), Eldor Begimov (309).

 “Navbahor” 

Namanganliklar joriy mavsum 3 o‘yinchiga 1529 daqiqa (6,4%) imkon bergan. Ular Ruslan Jiyanov (474), Saidazamat Mirsaidov (728) hamda Doston Abdulxayev (327).

Теги :
Jamiyat