$
 12829.07
-15.14
 13344.80
-163.46
 124.91
-2.44
weather
+26
Кечаси   +14°

Tadbirkorlar uchun jarima miqdori keskin tushirildi

imzo

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Soliqqa oid ayrim huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini maqbullashtirish to‘g‘risida"gi Farmoni qabul qilindi. https://t.me/soliqnews/12739?single Unda, Soliq kodeksining 227-prim 1-moddasiga asosan qo‘llaniladigan jarima summasining 98 foizi hisobdan chiqarilishi ko'zda tutilgan.

Hujjatga ko‘ra:

Fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar birinchi marta sodir etilganda – realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 foizi (avval 100 foizi);

Bir yil davomida takror sodir etilganda – realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Undirilgan jarimalar qaytariladimi?

Mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun qo‘llanilgan moliyaviy jarimalar bo‘yicha mavjud qarzdorlikning 98 foizi hisobdan chiqariladi va qarzdorlikni undirish bilan bog‘liq sud va ijro ishlari tugatiladi. Undirilgan jarima summalarining 98 foizi kelgusi to‘lovlar hisobiga tadbirkorlik subyektlariga qaytariladi.

Bugunga qadar 39 mlrd. jarima undirilgan

Dastlabki hisob kitoblarga koʻra, Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun 2022-yil 13-iyundan bugungi kunga qadar 1,5 ming nafar tadbirkorlarga nisbatan 694 mlrd. soʻm jarima qoʻllanilib, shundan 39 mlrd soʻmi undirilgan.