$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunga asosan davlat organlari va tashkilotlarida xodimlar ro‘yxati shakllantirilmoqda

tadbirkor

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunga asosan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati shakllantirildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Sherzod Saparov ma’lum qildi.

Noqonuniy faoliyat 

Qonunchilikka ko‘ra vazirlik va idoralar, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar va mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi ta’qiqlangan. 

Shuningdek, Agentlik tomonidan mazkur talablarga rioya etilishi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi, o‘rganishlar davomida jami 1488 nafar boshqaruv xodimi 1653 ta tadbirkorlik subyektlarida ta’sischilik asosida faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlandi. 

Agentlik tomonidan xodimlarning tadbirkorlik subyektlari ta’sischiligidagi faoliyatini to‘xtatish choralarini ko‘rish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmaslik va kelgusida shu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida davlat organlari va tashkilotlariga 33 ta taqdimnoma kiritildi. 

Bir qator jarayonlar bo‘yicha taqdimnomalar kiritilgan

Shuning bilan birga, o‘tgan davr mobaynida Agentlik tomonidan “etender.uzex.uz” elektron axborot tizimi orqali davlat xaridlarini amalga oshirishda qonunchilikka rioya qilinishi masofaviy o‘rganilib, jami 175,4 mlrd so‘mlik 127 ta davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilganligi, 22 ta holatda 23,9 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida raqobatni cheklovchi usullar orqali g‘oliblikni qo‘lga kiritilganligi aniqlanib, ushbu davlat xaridlarining natijalarini bekor qilish bo‘yicha taqdimnomalar kiritildi. 

Ushbu taqdimnomalar asosida mazkur davlat xaridlari bo‘yicha rasmiylashtirilgan bayonnomalar va shartnomalar bekor qilindi. 

Xususan, Hisob palatasining masofaviy tahlillarida mahalliy davlat hokimiyati organlari 155 ta davlat buyurtmachilarining 195,5 mlrd so‘mlik 1400 ta shartnomalar davlat xaridlari sohasida qonunchilik talablariga zid ravishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan holda tuzilganligi ma’lum bo‘ldi. 

Ba’zi fuqarolarning ishi sudga oshirilgan

Qonunbuzilishiga yo‘l qo‘ygan 125 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar sudga yuborildi.