$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Xalq tabobatida ruxsat etilmagan usullarda davolash xizmatlarini reklama qilish taqiqlandi

tabobat

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-991-son, 05.11.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Huquqiy axborot telegram kanali xabar berdi.

 Ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda

Unga ko‘ra, fuqarolarga tibbiy tashxis qo‘yish va ularni davolash xizmatlarini xalq tabobati sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan ko‘rsatganlik, shuningdek, xizmatlarni xalq tabobati yo‘nalishida ruxsat etilmagan usullarni qo‘llagan holda moddiy qimmatliklar olish yoki mulkiy manfaatdor bo‘lish evaziga ko‘rsatganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.

Omma oldida targ‘ib qilganlik uchun ham javobgarlik o‘rnatilmoqda

Mazkur xizmatlarni omma oldida targ‘ib qilganlik uchun ham ma’muriy javobgarlik o‘rnatilmoqda. Shuningdek, xalq tabobati yo‘nalishida ruxsat etilmagan usullarni qo‘llagan holda fuqarolarga tashxis qo‘yish va ularni davolash xizmatlarini reklama qilish taqiqlanmoqda.

Теги :
Jamiyat